Jamiyatda haqiqiy erkak kishining oʻrni
بسم الله الرحمن الرحيم
Alloh taologa hamdu sanolar,Rosulimiz alayhissalomga durudu salomlar boʻlsin.
Insoniyat asosan 2 toifaga boʻlinadi,bu qarama qarshi jins vakillari oʻrtasidagi munosabatlar izchilligi sababidan dunyo hayotida insonlar hali hamon yashab kelmoqdalar.
Alloh taolo erkaklarni ayollar ustidan boshliq qilib yaratgan va Qurʼoni karimda ham "Erkaklar ayollardan ustdundir (boshliqdir)" deb taʼkidlab aytgan. Bu ilohiy haqiqat va sobit mezon naqadar toʻgʻri ekanligiga asrlar davomida yashab kelayotgan insoniyat qayta qayta guvoh boʻlmoqda.Bunga jamiyatdagi bir qancha holatlarni misol qilib keltiramiz ;
1-Qaysi davlatning boshqaruvchisi erkak kishi boʻlsa ayol kishi boshqarayotgan davlatdan koʻra nufuzi baland,iqtisodi rivojlangan tinchligi mustahkamroq ekanligi hech kimga sir emas.Bunga dunyoning top 10taligiga kiruvchi davlatlarni hammasida erkak kishi prezident ekanligini dalil qila olamiz.
2-Aksariyat dunyo taniydigan korxonalar,muassasalar, tashkilotlarning ham boshqaruvchisi erkak kishidir.
3-Har qanday oilada erkak boshliq boʻlsa oʻsha oilada fayz baraka,tinch totuvlik va toʻkinlik boʻladi,farzandlar tarbiyasida ham otaning oʻrni beqiyos.
Biz bu borada yana bir necha misollar keltirishimiz mumkin lekin eng asosiylarini aytib oʻtish bilan kifoyalanamiz.Bu yerda soʻz ketayotgan insonlar haqiqiy erkak nomiga munosib boʻlgan shaxslardir.
Jamiyatimizda shunday insonlar borki ularni erkak deyishga til bormaydi, ularning jamiyatda, oilada oʻz oʻrno yoʻq. Ayollari qoʻliga qaram holda yashaydilar.Bunday erkaklar na yurtimiga na xalqiga biror manfaat yetkazmaydi.
Rosulimiz alayhissalom va Sahobalar roziyallohu anhumlar biz uchun jamiyatda haqiqiy erkak kishi qanday boʻlishi qanday yashashi kerakligi borasidagi chin maʼnoda namuna boʻla oladilar. U Zotlar oilalalarida ham qavmlari orasida ham maʼsuliyatni his qila olgan, jonkuyar insonlar boʻlganlar.
Ohirgi paytlarda "gender tengligi" niqobi ostida erkaklar va ayollarni bir hil huquqqa ega boʻlishlarini roʻkaj qilib ayol kishidek nozik hilqatni erkaksifat holga keltirmoqchi,ulardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanmoqchi boʻlgan kimsalar ham yoʻq emas.Yuqorida aytganinizdek erkaklar har doim ayollardan ustun boʻlgan,lekin bu degani ayollar hech qanday huquqqa ega emas,ular faqat erkaklar xizmati uchun yaratilgan degan notoʻgʻri tushunchaga ham bormaslik kerak. Ayol kishi tugʻilishi bilan to turmushga chiqqunicha otasining,oila qurgach turmush oʻrtogʻining,keyin esa farzandlarining zimmasida boʻluvchi insondir. Qaysiki erkak bu vazifasidan qochsa,uni ado etmasa gunohkor boʻladi, ayol kishi oʻzini oʻzi taʼminlashga majbur boʻladi, bundan esa jamiyatda va oilada turli kelishmovchiliklar,ajrimlar kelib chiqadi va hozirgi kunda bunday holatlar kuzatilishi afsuski,kam emas. Shu sababdan ham erkak kishi vazifalarini,majburiyat va burchlarini bajarishi bilan oʻz oilasida,yashab turgan jamiyatida oʻz oʻrni, mavqei va nufuziga ega boʻladi.
Oʻrinboyeva Maxliyo
Masʼul shaxs:Oʻrinova Muborak
Izoh qoldirish