Imom Dorimiy
Buyuk bobokalonimiz Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn as-Samarqandiy ad-Dorimiy (181-255/798-869) o'z zamonasining allomalaridan xotirasining kuchliligi, aqlining o'tkirligi va o'ta vazminligi bilan ustun bo'lgan. Dorimiy, asosan, Hadislarga oid ishlari bilan mashhur bo'lib, u o'z asarlarida hadislarning to'g'riligi va ularning ahamiyatini ta'kidlagan. Imom Dorimiy islom olamidagi eng nomdor to'rtta hadis hofizlaridan biri bo'lib o'tgan va unga Najmiddin Umar Nasafiy " U Samarqandda hadis ilmini yuzaga chiqargan zotdir " deb yuksak baho bergan. Imom Dorimiy Samaqandda "Shayxul islom" "Qozi kalon " lavozimlarida faoliyat yuritgan. Alloma Oltita sahih kitobga asarlari kiritilgan mashhur muhaddislarga ustozlik qilgan. Shulardan biri hadis ilmining sultoni Imom Buxoriydir. Ulamolar "Ey ahli Xuroson modomiki orangizda Imom Dorimiy bor ekan boshqasini izlab o'tirmanglar " deb e'tirof etishgan.
Imom ad-Doraqutniy rohimahulloh esa "Dorimiy roviylarning eng ishonchlilaridan edi " deganlar . Abu Xolim ibn Hibbon Dorimiy haqlarida shunday deydilar " Abdulloh ibn Dorimiy qur'on hofizi, Buyuk muhaddis,
qolaversa fiqh borasida faqih darajasiga yetgan "deb aytib o'tganlar.
Imom Dorimiy sunnatga amal qiluvchi bo'lib, Boshqalarni ham unga amal qilishga chaqirgan.
Habibullayeva Muxlisa
Izoh qoldirish