02.10.2024

Bemazhablikdan saqlaning !

                ( Vahhobiy  Soxta salafiylarga raddiya )

              Muoviya ibn Abu Sufyon Rosululloh s.a.v.dan rivoyat qiladilar: ”Alloh azza va jalla qaysi bir bandasiga yaxshilikni ravo ko`rsa uni dinda faqih qilib qo`yadi” ya`ni dinni nozik eng daqiq joylarigacha tushunadigan qilib qo`yadi. 

           Mazhab arab tilida “ketdi”, “yo`nalish”, “yo`l” degan ma`noni bildiradi. Nabiy s.a.v.ning davrlarida hozirgi to`rtta mazhab bo`lmagan. Lekin sahobalarning o`zlarini mazhablari bo`lgan. Istilohda esa, mazhab so`zi “biror bir diniy masalani muayyan mujatahid olim  tomonidan favto yuzasidan hal qilib berilganiga mazhab “ deyiladi. 

           Rasululloh s.a.v.ning davrlarida shariatga doir masala chiqib qolsa, Nabiy s.a.v. uni hal qilib berganlar. Sahobolar esa,  u zotdan sodir bo`lgan ishni gapni qattiq ehtimom bilan qabul qilishgan. Hayotiga tatbiq qilishgan.

             Ba`zida Rasululloh s.a.v. sahobalarga buyurgan ishlarini ular har xil tushunishgan. Unga misol Rasululloh s.a.v. bani Quroyzaga qo`shin yuborayotgan paytda  aytdilar:” Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo`lsa, asrni faqat bani Quroyzada o`qisin”- dedilar. Buni eshitib sahobalar shoshilib qolishdi. Bani Quroyzaning yeriga yetmasdan asr kirgan paytida sahobalar Rasululloh s.a.v. ning haligi buyruqlari ustida tortishib qolishdi. Bir toifa  Rasululloh s.a.v bani Quroyzada o`qinglar dedilar so`zma-so`z bajarishimiz kerak deyishdi. Vaqt o`tib ketsa ham bani Quroyzada o`qiymiz deb tushunishdi. Ba`zi sahobalar esa, yo`q Rasululloh s.a.v.  bizni tezroq chiqib   ketinglar degan maqsadda aytdi deyishdi. Shunda sahobalar ikkiga bo`linib ba`zilari yo`lda ba`zilari bani Quroyzada asrni o`qishdi. Rasululloh s.a.v. ga buni xabarini berishganda Rasululloh s.a.v. ikkovlariz ham to`g`ri tushunibsizlar dedilar.  Mana Rasululloh s.a.v. ning bitta so`zlarining ustida sahobalar ijtihod qilishdi. 

      Rasululloh s.a.v. Muoz ibn Jabalni Yamanga yuborayotib so`radilar: Agar sizga biror bir yangi masala chiqsa qanday javob berasiz?U kishi aytdi: Allohning kitobidan hukm olaman. Shunda Allohning rasuli: agar Allohning kitobidan topolmasangiz-chi dedilar. U zot : Rasululloh s.a.v. ning sunnati bilan dedilar.Agar  kitobdan ham sunnatdan ham topmasangiz-chi- dedilar Rasululloh s.a.v. Shunda Muoz unda ijtihod qilaman dedilar. Shunda Rasululloh s.a.v. xursand bo`lib Rasululloh s.a.v.ning elchisini  Rasululloh s.a.v. rozi bo`ladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamd-u sanolar bo`lsin dedilar.

Rasululloh s.a.v. dan keyin biror bir yangi masala chiqsa yangi islomga kirganlar sahobalardan so`rashardi. 

         Bugungi kunga kelib ba`zi bir toifalar mazhabni Abu Hanifaning o’zi yoki Shofeiyning o’zi chiqarib olishgan deyapti. Aslida ularning bu davolari xato hisoblanadi. Imom Ahmad ash-Sha`roviy (973 vafot etgan) “Al miyza ash-Sha`roviyya” kitobida mazhablar haqida shunday deydi: “Aslida sahoba va tobeinlar davrida mazhablar soni 18 ta bo`lgan. Ularning barchasi bir muddat amalda bo`lgan lekin vaqt o`tishi bilan, 4 ya yirik mazhab saqlanib qoldi. Bularning saqlanib qolish sababi bu mazhablar qolgan 14 ta mazhabning barchasini qamrab olgani uchundir. Va asrlar davomida insonlarni turli  ziddiyatlar va ixtiloflardan saqlab kelish asosida bo`lgan”. 

                Mazhab kerakmi zarurmi deyilsa ulamolar zarur shart deydi. 2-3 asrlarda arab bo`lmaganlar islomga kelishdi. Ularga dinni o`rgatish kerak edi. Ular til bilmaydi ilm yo`q edi. Bilgan odamlar so`rashi kerak edi. Mana shunday qilib insonlarga dinni o`rgatadigan insonlar chiqa boshladi. Ular faqihlar edi. Keyinchalik mana shu javoblar asosida butun-butun kitoblar ta`lif qilindi. Bu 4ta mazhab  firqa yaratish  uchun emas balki  musulmonlarni qur`on va sahih hadisga qaytarish uchun kelishgan.  

         Hanafiy mazhabi deyilganda Abu Hanifaning usul va qoidalari orqali islom shariatiga amal qilish tushuniladi. Ya`ni Abu Hanifaning shaxsiy fikriga yurilmadi. Xuddi shuningdek, Shofeiy mazhabi deyilsa  Shofeiy q`oyilgan usul va qoidalar tushuniladi. Islom shariatiga mazhab zarur sababi, islomni tushunishda muayyan usul va qoidalar ya`ni metodologiya qo`yilmasa, shariatni hamma o`zicha talqin qiladi. Masalan jihodni hamma o`zicha tushunib ketsa, qotillikka aylanib ketadi. Yoki jinoyat qilib qochayotgan odam qochganini hijrat deyapti. Islomni muqaddas tushunchalaridan  o`zining manfaati yo`lida foydalanyapti. Masalan bir oyatning ma`nosini yigirma xil tushunish mumkin. 20 ta odam yigirma xil ma`noni ushlab olsa, nima bo`ladi? Islom qolmaydi. 20 ta ma`nodan mazhab usuliga ko`ra bitta yoki ikkita ma`no olinadi. Osha ma`no bizni birlashtiradi. Sahobalar davrida ham oyat va hadislarni hamma bir xil tushunmagan. Sahobalar o`zicha tushunib amal qilayotganda  Rasululloh s.a.v. hoy to`xtanglar buning asli ma`nosi  mana bunday deb tushuntirganlar. Alloh taolo aytadiki: “ Iymonini zulmga aralashtirmaganlar ana o`shalar najot topadi” – deb marhamat qiladi. Bu oyatni sahobalar o`qib xavotirga tushadi. Rasululloh s.a.v. dan bizdan zulm qilmagan kim bor ya`ni hamma ozgina bo`lsa ham zulm qilgan-ku deyishganda Rasululloh s.a.v. bu yerdagi zulmdan murod shirkdir deydila. Chunki,  Qur`onda bunga dalil bo`ladigan  boshqa  bir oyat bor “ Eng katta zulm bu shirkdir”degan. Rasululloh s.a.v. tirikligida odamlar borib so`rab olishardi. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sahobalar shogirtlariga ta`lim bergan. 

         Hozirgi kunda ba`zi bir qo`shtirnoq ichidagi o`zini shayx deb nomlagan kimsalar mazhab kerak emas. Bizga kitob va sunnatning o`zi yetarli deydi. Bunda hazrat Ramazon Butiyning gaplaridan iqtibos keltirsak masalan u zot aytadilar: “Mazhab kerak emas deydigan kimsalar nega unda  kasal bo`lganda o`zlari tabobatga oid kitoblarni o`qib o`zlarini davolamaydi. Yoki uy qurmoqchi bo`lgan odam nega uyni arxitektorga chizdiradi axir o`zi ham chizishni biladi-ku. Demak, mazhab ham hayotimizga shunchalik muhim hisoblanadi”

          Shunday ekan, bemazhab bo’lmaylik. Bu yo’lda adashayotgan diniy qardoshlarimizga Alloh taolodan tavfiq so’rab qolamiz.

 

“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar o‘rta maxsus 

islom ta’lim muassasasi  o‘qituvchisi M.O‘rinova

Izoh qoldirish