20.09.2024

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho

Olamlarning Robbisi va tarbiyachisi Alloh taologa hamdu sano, Rosululloh (s.a.v.)ga,u zotning ahli baytlariga,sahobalariga salovotu salomlar bo'lsin.

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho - Islom uchun o'zini fido qilgan ayol, jasorat, shijoat va qo'rqmasligi, Rosululloh(s.a.v.) ning hijratlarida alohida hizmat qilgan, bu yo'lda mushriklarning aziyatiga eng ko'p duchor bo'lgan qahramonlardan hisoblanadilar.

Imon keltirgan musilmonlarning o'n yettinchisi bo'lib, o'n to'rt yoshida musilmonlikni qabul qilganlar.

Islom tarixida bobosi,ota-onasi,eri va o'g'li sahobiylardan bo'lgan yagona ayol. Eri Zubayr ibn Avvom bo'lib "asharai mubashshara"ning  biri.

Ota bir singlisi Oisha roziyallohu anho esa Rosululloh (s.a.v.)ning zavjai mutahharalaridan.Rosululloh (s.a.v.) u kishiga"Zotun niqotayn"degan unvonni bergan edilar.

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho fihq va hadisda yetakchi sahobiyalardan bo'lib,ko'plab tobeinlar u kishidan rivoyat qilishgan.

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho Rosululloh(s.a.v.)dan 56 ta hadis rivoyat qilganlar.Shundan 22 ta hadis"Sahihaynda "zikr qilingan.

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho o'ta saxovatli,qo'li ochiq,vazmin va sabr bardoshli edilar.U kishi ko'pincha:"Ko'proq sadaqa qilinglar,hojatingizdan ko'pini qo'lingizda tutib turmang, ortiqcha narsani kutmang. Inson yana- yana deyavergani bilan fazlga ega bo'lmaydi. Sadaqa qilgan narsangizni hargiz yo'qotgan bo'lmaysiz"der edilar.

Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anho muhojirlarning eng so'nggisi bo'ldilar.

Ular aslo dunyo matohiga qul bo'lib qolmadilar.Dunyoni keragaidan ortiq qadrlamadilar.Ular bu dunyo hayotini abadiy hayotga erishiladigan yutuqlar uchun berilgan fursat deb bildilar. Allohga chin qalbdan banda bo'la olish, uning roziligiga erishish uchun g'ayrat qildilar. Johilyat davrida hotin- qizlar ho'rlangan, kamsitilgan. Islom dini kelganidan keyin bu kabi nohaqlik va horliklarga chek qo'yildi. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Ayol ilmli bo'lsa,millat ilmli bo'ladi.

 

Xo'janiyozova Fayzilatxon

Izoh qoldirish