Ayol-islom ummatining yetakchisi
Bismillahir rohmanir rohiym.
Yer-u osmonni, undagi barcha mavjudotlarni mukammal va benuqson yaratgan Qodir Allohga hamd-u sanolar bo'lsin.
Erkag-u ayolni qobiliyatli, o'ziga ibodat qilishga yaroqli qilib yaratgan Alloh mutlaq ilm va qudrat egasidir. Shundan o'z ilmidan bandalariga o'rgatdi va shu ila farishtalardan ustun bo'ldi. Va inson har qachon o'z zehni, qobiliyati va qalbdagi ishonchi ila maxluqotlarga hokim bo'ldi.
Ayol esa shu jamiyatning o'zagidir. Har qaysi din, har qanday jamiyat bo'lmasin, doim ayol uni poydevoridir. Ayol yiqilsa, avlodlar yiqiladi. Ayol suyak, erkak mushak deb o'xshatsak, fahmga yaqinroq kelgan bo'lamiz. Shuning uchun doim ayol-qizlarga ta'limda ham, tarbiyada ham muhim e'tibor beriladi. Har oilaning zeb-ziynati qizidir, onasidir.
Albatta, islom ham ilm olmoqlikni bandalarga farz qildi. Zero, ilm ila inson xulqi go'zallashadi, taqvosi ziyodalashib, iymoni mukammallashadi. Bu bilan biz hozirgi jamiyatdagi kabi ilmlarni diniy va dunyoviyga ajratib ta'lim olmaymiz. Ajdodlarimiz, salaflar va xalaflar ham har qachon, har qayerda ilm bo'lsa, olib o'rganib ketishgan. O'tmishga nazar soladigan bo'lsak, ajdodlarimiz fizika, geometriya bo'lsin, yetuk olim bo'lib yetishishgan.
Shu jumladan, din ham asosdir. Uni mahkam ushlagan inson har jihatdan yuksaladi. Chunki Allohga tayangan har kimsa kuchni ham, irodani ham Allohdan oladi. Islom esa ta'lim man qilmaydi, aksincha uni ulug'laydi.
Ayol kishi yoki dindor ayol bunday narsalar qilmaydi degan iboraga xalqimiz ko'nikib qolgan. Aksincha, dindor ayol har jihatdan o'zgalarga o'rnak bo'lishi lozim. Ko'p tillarni o'rganishi, tibbiyot, savdo kabi sohalarni chuqur bilishi, zamon bilan hamnafas yashab, texnika, kompyuter va yangi sohalarni o'rganib borishi lozim. Shunisi ma'lumki,har qanday ayol bilimi bilan kuchlidir, hayotda qanday vaziyatlar bo'lishidan qat'iy nazar kuchli bo'ladi oladi. Mo'min va mo'mina banda dinini ham, dunyosini ham mahkam ushlashi lozim. Zamonaviy texnologiylarni ham chuqur o'rganib, dunyo ahliga islom dinining quvvatini, musulmon ummatning aql-u idrokoni namoyon qilmog'i lozim. Ayniqsa , ayol va qizlar bunga haris bo'lmoqliklari lozim, zero ular ummatning onalari, yangi avlod yetakchilaridir. Shu jumladan, yurtimizda so'nggi yillarda yosh ayol va qizlar uchun har qanday sohada imtiyozlar mavjud. Bulardan foydalanmoq o'z paytining muhim zaruriyatlaridandir.G'ayridinlar islom ayollarga musobatini qoralab, zulm deb hisoblaydilar. Musulmon ayollar hech nimaga qodir emas, dini ularni uylariga qamalishga majbur qilgan deb bilishadi. Bunday vaziyatda har kim buning xilofini bizga bergan dinimizning keng ko'lamini ko'rsatib berishlari lozim.
Ayollarning namozlarida qoim, islom arkonlarida mustahkam bo'lib, ko'p tillarni bilib, turli sohalarni egallashlari ularning farzandlarini ham shunga yetaklaydi. Shu bilan birga, yangi ixtirolar, yangi izlanishlar, yangi kitoblar insonlar hayotini yanada osonlashtiradi.
Ey islom qizi, ey musulmon ummatini yetakchisi, tur o'rningdan, qo'zg'al, dunyo seni kutmoqda. Dunyo va oxiratingda manfaat beradigan tadqiqotlar, solih amallar qilish fursatidir. Fursati bugun, hozirdir. Musulmonning hoziri bor, hoziring tayyor bo'lsin, kelajak biznikidir.
Hadis fani o'qituvchisi Bozorova Mahfuza
Izoh qoldirish