31.08.2024

Mustaqillik ulug' ne'mat!

Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!

Mustaqillik-erkinlik demakdir.U davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishidir. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Bundan 33 yil muqaddam hozirgi O’zbekiston Respublikasi mana shunday ulug’ bir baxtga, ozod va erkin davlat bo’lib faoliyat yuritish imkoniga ega bo’ldi. Albatta, bu baxtga erishish juda ko’p mashaqqat va fidoliklarni talab qildi. Lekin, ming shukrlar bo’lsinki, bu kunlar o’tib ketdi. 
1991 yil 31-avgustda Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror va „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi va Toshkent shahri  Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti deb belgilandi. Shunday qilib, 1-sentyabrda mamlakatimiz mustaqillikka erishganligi munosabati bilan keng ko’lamda bayram bo’lib o’tdi va shu Kundan e’tiboran, O‘zbekistonning asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kuni har yili 1-sentabrda nishonlanadigan bo’ldi. 
-1991 yil 18-noyabrda, ya’ni mamlakat mustaqillikka erishganidan ikki oy o‘tgach, O‘zbekiston bayrog‘i;
-1992 yil 2-iyul– O‘zbekiston Davlat gerbi;
- 1992 yil 8-dekabr - O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi;
- 1992 yil 10-dekabr - O‘zbekiston davlat madhiyasi tasdiqlandi.
-1994 yil 1-iyulda milliy valyuta - so‘m muomalaga kiritildi.
  Alloh osmonimizni musaffo, yurtimizni tinch va sokinlik maskani qilsin, muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni esa, doimo boshimizga sog’-omon yurmoqliklarini nasib qilsin.

Izoh qoldirish