08.04.2024

Surat emas siyrat muhim

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Allohning nazdida dunyoning yo'q bo'lib ketishi, musulmon kishining o'ldirilishidan yengilroqdir", deya marhamat qiladilar.

Buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning haqiqiy musulmonni tavsiflab aytgan xadisladislarini nazmga solib, bunday lutf qilganlar":

  Kim musulmonlig' aylasa da'vo,
  Chin emas gar fido qilur jonlar.
  Ul musulmondirki, solimdur
  Tiliyu ilidin musulmonlar.

Darhaqiqat, o'zini musulmon deb da'vo qilayotgan, alsida esa qilar ishni musulmonlarga ziyon yetkazish, ularni qatl etish, shahar va qishloqlarni vayron qilishdan iborat bo'lgan buzg'unchilarni qanday qilib islomga nisbat berish mumkin? Bunday kimsalarning qilmishi-u qanday da'vo bilan chiqmasin, qanday baladnparvoz shirolarni keltirmasin, islom va musulmonlarga dushmanlikdan boshqa narsa emas. Musulmonlar ozchilik bo'lib yashaydigan mamlakatlardagi e'tiqoddoshlarimiz xayotiga nazar solgan, ayniqsa, muqaddas dinimiz haqida xato va yanglish tasavvurga borib qolgan boshqa din vakillarining xulosalarini eshitgan kishi terrorchilarning din deb qilayot ishlari aslida dinfurushlik ekanini to'la-to'kis anglab yetadi. Bu kabi shaxslar haqida Alloh taolo Qur'oni karimda:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ قَالُوا إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلَكِن لَّا يَشْعُرُونَ

Va qachon: «Er yuzida buzgʼunchilik qilmang», – deyilsa, «Biz faqat isloh qiluvchilarmiz», – derlar.

Ogoh boʼlingki, ular – oʼshalar buzgʼunchilardir, lekin oʼzlari sezmaslar".

Baqara surasi 11-12-oyatlar.

Yuqoridagi oyati karima va hadisi shariflardan ma'lum bo'ladiki, insonlarni to'g'ri yo'lga boshlash, ularni buzg'unchilarning fitnalaridan ogoh etishda barchamiz o'zaro hamkorlikda, bir tanu bir jon bo'lib harakat qilmog'imiz lozim ekan.

("Dunyo ulamolariga murojat" kitobi asosida tayyorlandi)

Xudoyberdiyeva Hanifa

Izoh qoldirish

Izohlar