-large.jpg)
Gunoh tufayli kofirga chiqarishning hukmi .
Mulla Ali Qori gunoh tufayli kufrga hukm qilmaslik to'g'risida quyidagi ajoyib iqtibosni keltirgan : " Insonlar ikki hil bo'ladi :
1. Mo'min odamlar ;
2. Kofir odamlar .
Kofir odamlar bilittifoq do'zahda bo'ladi . Mo'min odamlarning o'zlari ham ikkiga bo'linadi :
1. Itoatkor odamlar ;
2. Osiy odamlar .
Itoatkor odamlar bilittifoq jannatda bo'ladilar. Osiy odamlar ham ikki qismga bo'linadi :
1. Tavba qiluvchi odamlar ;
2. Tavbani tark etgan odamlar.
Tavba qiluvchilar bilittifoq jannatda bo'ladilar , tavbani tark etgan odamlar esa Alloh taoloning xohishida bo'ladilar ".
Ya'ni bandalar katta gunohlardan saqlansalar , kichik gunohlari ham o'chirilib jannatga kiritiladilar . Katta gunohlardan saqlanish uchun esa , avvalo ularni yaxshi bilib olish lozim .
Gunohning turlari
Gunoh ikki turga bo'linadi .
1. Gunohi kabiralar ;
2. Gunohi sag'iralar.
Alloma Taftazoniy rahmatullohi alayh " Sharhu aqoid " kitobida quyidagilarni yozgan : " Ibn Abbos roziyallohu anhumo kabira va sag'ira gunohlarga shunday ta'rif bergan : " Had tayin qilingan yoki do'zah bilan , yo la'nat aytilish bilan , yo g'azab qilinishi bilan tahdid qilingan har bir gunoh gunohi kabiradir . Dunyoda had tayin qilinmagan , oxiratda qo'rqituv bilan bilan ogohlantirish berilmagan har bir gunoh sag'ira gunohdir ".
Tayyorladi : Ahmadjonova Mahbubaxon
Mas'ul : Aqoid fani ustozasi : Jamilova Asila
Izoh qoldirish