04.03.2024

Taomlanishdagi sunnatlar


 حدثنا هارون بن إسحاق الهمدانيّ قال: حدثنا عبدة بن سليمان،عن هشام بن عروة،عن ابن لكعب بن مالك،عن أبيه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يأْكل بأصابعه الثّلاث و يلعقهنّ 
Hazrati Ka'b roziyallohu anhu dedilar:" Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam uch barmoqlari bilan taom yer edilar. Va har uchovini barobar yalar edilar"
Izoh: Ushbu hadisi sharifdan ko‘plab go‘zal sunnatlarni o‘rganamìz. Avvalo, Rasululloh sallolohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan ya‘ni uchta barmoqlari bosh , ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari bilan taomlanganlar. Bu esa Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning naqadar kamtar va betakalluf bo‘lganlaridandir. Nega aynan shu uchta barmoqlari bilan taomlanganlar? Odatda , beshta barmoq bilan taomlanish ochko‘zlarga hos sifat hisoblanadi. Yoki ikkita barmoq bilan ya‘ni chimdalab yeyishlik esa kibrlilikdan hisoblanadi. Darhaqiqat , qo‘l bilan taomlanishning sog‘ligimizga ham ko'plab foydalari ham mavjud. Jumladan , barmoqlarimiz bilan taomni ushlagan vaqtimizda taomning haroratini habari miyamizga boradi. Va jismimiz ham shu taomga moslashib , tayyorlanib turadi. Va bu taom jismimizda hazm bo‘lishligi ham oson kechadi. Biz noto'g'ri tushunmasligimiz lozim. Doim qo‘l bilan taomlanganimiz afzalmi? Yo‘q balki sho‘rva kabi suyuq taomlarni qoshiq bilan taomlanganimiz afzal. Asosan , quyuq taomlarni qo‘l bilan taomlanishlikni tushunishimiz lozim.
Hadis davomiga keladigan bo‘lsak , har uchala barmoqlarini barobar yalar edilar. Ya‘ni  qo‘llarini yuvish va artishlikdan oldin , birinchi o‘rta barmoqlarini uch marotaba , ko‘rsatkich barmoqlarini uch marotaba so‘ng bosh barmoqlarini uch marotaba yalaganlar. Bu amalni taomlanib bo‘lganlaridan so‘ng bir marotaba bajarganlar, negaki har taomlanishlik orasida bajaraverishlik sheriklar ta‘bini hira qilishi mumkin. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam esa taomlanish ohirida muborak qo‘llarini artishlik va yuvishlikdan oldin bir marotaba bajarganlar. Bu amaldan yana hikmat shuki , yog‘ qo‘lni sochiqqa artadigan bo‘lsalar , sochiq kir bo‘ladi . Bu ham Rasululloh sallolohu alayhi vasallamning go‘zal , pokiza odoblaridandir. Va yana hadisi shariflarda buyuriladiki , taomning qaysi qismida baraka borligini bilmaymiz. Idishning tagida qolganidami , qo‘limizdagi qismidami yoki yerga tushgan qismidami?  Shu sababli yerga taom tushib ketsa , darhol uning yerga tekkan qismini tozalab yeyishlikka buyurilganmiz. Yo‘q , men yerga tushgan taomni yeyishlikni ta‘bim hushlamaydi deyishlik ham kibrlilikning alomatlaridandir.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak , hozirgi kunda ko‘r ko‘rona  g‘arbga taqlid qilayotgan ba‘zi bir yoshlarimiz bilsinlarki , eng go‘zal , eng komil va madaniyatlarning eng cho‘qqisi Sevikli Rasulimiz Muhammad Mustafo sallolohu alayhi vasallamning sunnatlarida mujassamdir. Biz U Zot sallolohu alayhi vasallamning har bir sunnatlarini chuqur o‘rganib va uni hayotimizga tatbiq qilib , U Zot sallolohu alayhi vasallamga ergashmog‘imiz , har bir hayotimizdagi odatlarimizni sunnat ekanligini bilib , muhabbat ila , U Zot sallolohu alayhi vasallamning shafoatlaridan umid qilgan holda bajarmog‘imiz lozim.
Albatta , amallar niyatlarga bog‘liqdir. Zero , odatlarimiz niyat orqali ibodatlarga aylanadi. 
Alloh taolo barchamizga Habibimiz Rasulimiz Muhammad Mustafo sallolohu alayhi vasallamning har bir sunnatlariga ergashishlikka tavfiyq bersin. Va shafoatlariga musharraf bo‘lishlik baxtini nasib etsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Tayyorladi: 2-kurs talabasi O‘razboyeva Zarifa 
Mas‘ul o‘qituvchi: Bozorova Mahfuza 
 

Izoh qoldirish

Izohlar