
Mahmudxòja Behbudiyning "Padarkush" dramasi haqida .
O’zbek milliy dramaturgiyasining shakllanishi XX asrning oʻninchi yillari Turkiston madaniyat tarixida yangi oʻzbek milliy teatrning boshlanish davri boʻlgan. O‘zbek millatining ozodligini, erkini orzu qilgan jadid ziyolilari maʼrifatning targʻibotini teatrda deb bilishgan. Turkistonda jadidchilik harakatining yetakchilaridan, o’zbek teatriga dastlabki tamal toshini qo’yib bergan dramaturg, noshir Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi uning asarlari orasida alohida ahamiyatga ega. Asar hajman qisqa bo’lishiga qaramay, mazmunan sodda va tushunarli tilda yozilgan. Asar jaholot va nodonlik, o’qimagan bolaning buzuq yo’llarga kirib, o’z otasini o’ldirgani haqida. Bu haqida gap ketganda millat farzandlarini ziyoli ko’rish, ularni o’qitish, ma’rifatli qilish, jamiyat uchun kerakli bo’lgan farzand bo’lishga harakat qilish o’rniga, bu kabi ezgu amallardan bosh tortgan kishilarning qismati haqida hikoya qilinadi. Behbudiy ushbu asar orqali o’sha davr siyosatining g’oyasi, insonlarda milliy o’zlikni yetishmasligi, faqatgina hayotni mol-davlatdan iborat ekanligi, boylik ba’zi bir insonlarning ko’zini ko’r qilib qo’yganini, ta’lim-tarbiya orqali mamlakatni rivojlantirish mumkinligini hamda turkistonlik yoshlarning ilm olishdan bosh tortishlari qanday oqibatlarga olib kelishi ko’rsatib berilgan. Asar o’qilishi davomida juda yengil hazm qilinadi. Ma’no mundarijasi ancha keng, unda ilgari surilgan muammolar ta’lim va tarbiyani kuchaytirish, xalqni asriy jaholat va qoloqlikdan qutqarish, jinoyat va jazo, majburiyat va mas’uliyat singari ijtimoiy munosabatlar sodda va ta’sirli ifodalangan. Dramada ilk bora turkistonliklarni o’z tilida, tipik obrazlar, tipik xarakterlarlar orqali jiddiy hayotiy muammolar, ochiqchasiga gapirilgan edi. Ilmsizlik, ilmni qadriga yetish, faqat boylik orqasidan quvlash, to’g’ri yo’ldan adashish oila boshiga chinakam kulfat keltirishini adib asarda to’la qonli tushunarli tilda yoritib berilgan. Ushbu davrda Turkistonnning asosiy fojiasi bu millatni ongsizligi, o’z fikriga ega emasligi, o’z fikriga ega bo’lgan ziyolilarni esa yo’q qilish payiga tushgan sho’ro hukumati edi. Chunki ziyolilarga erkinlik berilsa, qolgan uyqudaga millatni ham uyg’otib o’zimizga qarshi chiqadi degan qo’rquv bilan ularni ijtimoiy hayotdan uzishga harakat qilishadi. Jadidlar jamiyatni rivojlantirish omili, birinchi navbatda, ma’rifatga, ta’lim tarbiyaga bog’liq ekanligini yaxshi anglab yetgan edilar. Shu tufayli “Padarkush” dramasida bu yetilgan, hayotiy muammo eng dolzarb masala sifatida ko’rsatiladi.
“To’y va taziyaga sarf qilinaturgan aqchalarimizni biz Turkistonlilar ilm va din yo’liga sarf etsak, qariyib Ovropaliklardek taraqqiy etamiz va o’zimizda dinimizda obro’y va rivoj topar. Yo’q hozirgi holimizda davom etsak din va dunyoga zalolat va masnunatdan boshqa nasibamiz bo’lmaydur”, “Maktab va madrasalar ochmoqqa, jamiyat va shirkatlik tijoratxonalar ta’sis etmoqqa harakat etaylik. Rossiya va Ovrupa, Misr va Istambulga talaba yubormoq kerakdur. Oy Turkistonli musulmonlar boshqa nasibamiz bo’lmaydur”, “Maktab va madrasalar ochmoqqa, jamiyat va shirkatlik tijoratxonalar ta’sis etmoqqa harakat etaylik. Rossiya va Ovrupa, Misr va Istambulga talaba yubormoq kerakdur. Oy Turkistonli musulmonlar, birodarlar,! Ko’zingizni oching, majalla va jaridalarga boqib dunyoni biling”, “Ma’lumimizdirki to’y va marakalarga sarf qilinadurgan aqcha ila Kavkaz, Qrim, Orenburg va Qozonga usuli ta’lim o’rganmoq uchun bola yubormoq kerakdur”. Keltirilgan misollardan ko’rishimiz mumkinki, jadidlar diqqat e’tiborida millat ziyolilarini ko’rish, ularni jahon miqyosiga chiqishi, xalqning qoloqlikdan qutqarish kabi masalalari turgan. Dastlab yaratilgan ushbu drama ham aynan yuqoridagi g’oyalarni o’zida mujassam etgan.
Xulosa qilib aytganda, “Padarkush” — bu nafaqat oilaviy, balki milliy tragediyani, ma’naviy tanazzulni ko‘rsatadigan asar. U ilm‑ma’rifatning muhimligini ta’kidlaydi, insonni tarbiyalashni eng oliy vazifa sifatida ko‘rsatadi. Ziyolilar orqali adib jaholat, ilmiy savodsizlik va tarbiyasizlik jamiyatga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini mohirona ochib beradi.
1-kurs talabasi Eshpo'latova Madina
Izoh qoldirish