26.02.2024

Johil kishi qanday bilinadi?

Johil- arab tilida “bilmaslik” degan ma’noni bildiradi. Jaholatda qolgan, ilm ma’rifatdan qoloq madaniyatsiz kishi ham johil deyiladi.

 

 Fuzayl ibn Iyoz aytganlaridek: olim bilganiga amal qilmagunicha johil hisoblanadi. Qachon unga amal qilsa u olim deyiladi. Demak, johil nafaqat bilimsiz, balki bilimiga amal qilmaydigan kishi hamdir. 

Johil kishining 5 ta belgisi bo’ladi. 

1. Noo’rin g’azablanadi.

2. Befoyda so’zlarni gapiradi. 

3. Noo’rin sars-harajat qiladi.

 4. Har kimga ishonib ketadi.

 5.do’stni dushmandan farqlay olmaydi.

 

Johil kishining eng yomon tomoni shunda bo’ladiki, u o’zining johilligini hech qachon tan olmaydi. O’zini doimo haq deb o’ylaydi. Mutassib, hech kimning so’zini o’zining so’zidan ustun qo’ymaydi. Shuning uchun ham u inson johil bo’lib qolaveradi, yuksalmaydi. Imom Shofeiy ham johil kimsa haqida shunday deganlar:

“bir dalil bilan qirq olimni mot qildim, lekin qirq dalil bilan bir johilni yenga olmadim”. 

 

Johil insonni o’rni hech qayerda bo’lmaydi. Doimo insonardan orqada, ulardan ajralib turadi. Johillik faqatgina to’g’ri insondan, haq ilmni olish ila ketadi. Johil inson johilligini tan olgan kuni, olimlikka qadam tashlagan bo’ladi. 

Kishi qanchalik ilm olmasin, toki boshqalarni so’zini qabul qilmas, tinglamas ekan johilligacha qolaveradi. Ilm talabida yurgan kishi ham, o’zini olimman deb o’ylagan kuni johilga aylanadi. 

Abdulloh ibn Muborak aytganlaridek:

“kishi ilm talabida ekan, olimdir,

Ammo “men olim bo’ldim desa johildir”. 

Demakki, inson johillar qatoridan bo’lmasligi uchun doimo ilm olish harakatida bo’lishi, bundan hech zamonda to’xtab qolmasligi, o’zini barcha ilmlarning sohibi bo’ldim deb o’ylamasligi zarur. 

Shayx Muhamad Rotib Nobulusiy aytadilar:

“yer yuzidagi har qanday musibat Alloh taoloning ta’limotlaridan chiqish sababli yuzaga keladi. Allohning ta’limotidan esa johillik, bilimsizlik sabab chiqiladi. Jaholat inson uchun ashaddiy dushmandir. Johil inson esa o’ziga dushmani bera omagan zarani beradi”.

 

“Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi 

 Fiqh fani o`qituvchisi X.Xayotova

Izoh qoldirish

Izohlar