Afzallik nimada?
Afzallik nimada?
Insonni hayvondan ajratib turadigan asosiy xusussiyat ilmdir. Inson hayvondan nima bilan farq qilsa, o’sha narsa bilan insondir.
Insonning hayvondan afzalligi jismoniy quvvatda emas, tuya insondan ancha baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham ustun emas, chunki filning jussasi insonnikidan bir necha marta ortiq. Afzallik shijoat bilan ham o’lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon odam bolasidan bir necha barobar shijoatlidir. Yeb – ichish bilan ham afzal emas, chunki ho’kizning qorni odamnikidan ancha kata. Afzallik husnda deyiladigan bo’lsa, go’zallikda betakror maxluqlari ko’p Allohning.
Inson ilm uchun yaratilgan, uning boshqa jonzotlardan afzalligi faqat ilm bilandir.
“Ihyou ulumid-din” kitobi asosida tayyorlandi.
“Jo’ybori Kalon” ayol – qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
arab tili fani o’qituvchisi Mo’minova Mehriniso
Izoh qoldirish