30.10.2023

MASXARA QILISH VA KAMSITISH ZAMIMIY XISLATLARDAN

MASXARA QILISH VA KAMSITISH ZAMIMIY XISLATLARDAN

           Axloq masalasi inson yaralibdiki o‘zining dolzarbligi jihatidan jamiyatning bosh mavzusidir .  Alloh taolo ham rosululloh sollollohu alayhi vasallamni “Albatta siz buyuk xulq uzradirsiz” (Qalam, 4) deya marhamat qilishining o‘zi axloq masalasini muolajasi diqqatga sazovorligiga dalolatdir.

            Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat  qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni mo‘minning mezonida chiroyli xulqdan ko‘ra og‘irroq narsa bo‘lmas. Albatta, Alloh fahsh va chirkin so‘z aytuvchini yomon ko‘rur», dedilar. Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan.

      Mamlakatimiz prezidenti  Sh.M.Mirziyoev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzuidagi anjumanda tarbiyaning muhim masalala ekanligini e’tirof etgan. Bundan bilinadiki, insonni xulqi insoniyligining eng oliy darajasidir.

        Ayrim kishilar borki, birodarlariga zulm qiladilar, insof bilan yondashmaydilar. O‘zgalarning ko‘zidagi gardni ko‘rib, o‘z ko‘zlaridagi cho‘pni ko‘rmaydilar.

        O‘z aybi va kamchiliklarini tuzatish bilan ovora bo‘lgan va o‘zgalarning kamchiligiga e’tibor bermagan kishiga jannat nasib qilsin!

“Haqiqiy dono kishi o‘zini o‘zi hisob-kitob qilgan va o‘limdan keyingi (boqiy hayot) uchun amal qilgan kishidir. Ojiz kishi esa, nafsini hoyu-havosiga ergashtirgan va Allohdan turli xil orzu-umidlarni umid qilgan kishidir”.

     “Masxara” soʼzi birovni “haqir, past sanash” va “xor bilish” maʼnosini anglatadi.

       Ulamolar masxarani quyidagicha taʼriflaydilar:

Munoviy: “Masxara maʼnaviy jihatdan aqlni past sanash va hissiy jihatdan ishni xor sanashdir”, degan.

      Ibn Kamol: “Masxara egasi nazdida arziydi-gan va masxara qiluvchi nazdida arzimaydigan narsadir”, degan.

      Masxara qilish aybini pastga urish, xorlash yoʼli ila birovni kulguga olishdir. Gohida gap va amalga oʼxshatish qilish, imo-ishora bilan yoki laqab qoʼyish bilan ham masxara boʼlishi mumkin. Masxara va istehzo qilish diynsiz, munofiq va kofirlarga xos sifatdir.

     Alloh taolo:

ولقد استهزئ برسل من قبلك فحاق بالذين سخروا منهم ما كانوا به يستهزءون

       “Batahqiq, sendan oldin ham Rasullar masxara qilingan.Bas, ularni masxara qilganlarga oʼzlari masxara etib yurgan narsa tushdi”, degan . 

Rasullarni masxaralagan kofirlarga azob tushdi.Ular bu dunyoning oʼzidayoq azobga duchor boʼldilar.Seni masxara qilayotganlar ham vaqt gʼani-matligida eslarini yigʼib tavba qilmasalar, avval bu dunyoda, keyin u dunyoda azobga uchraydilar.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarni masxara qiluvchilarning biri uchun jannatdan bir eshik ochilur. Bas, unga, bu yoqqakel, deyulur. U gʼam-gʼussasi ila kelganda eshik yopilur. Bu hol ulardan biriga jannatdan eshik ochilib “Bu yoqqa kel” deyilganda, noumidlikdan kelmaydigan boʼlguncha davom etadi», — dedilar” . 

     Masxaraning zararlaridan:

Masxara Alloh taoloning amriga ochiq xilofdir.

Masxara Alloh taoloning azobiga sabab boʼladi.

Masxara inson huquqini ochiq-oydin buzishdir.

Masxara qalbni oʼldiradi va gʼaflatga sabab boʼladi.

Masxara kofir va munofiqlarning siymosidir.

Masxara shariat harom qilgan ishdir.

Masxara Alloh taoloning zikrini esdan chiqaradi.

       “Mazah” arabcha soʼz boʼlib, aslida, hazil-mutoyi-bani anglatadi.Binobarin, hazil-mutoyiba uchun, rost gaplarni gapirib, ozroq mazah qilish joiz.

Xalqimizda bu holni toʼliq vasf qiluvchi “Oʼzi berolmaydi, berganni koʼrolmaydi”, degan naql bor. Ular moʼmin-musulmonlarni masxara qiladilar, ammo vaqti kelganda ularni:

     “Alloh masxara qiladi va ularga alamli azob boʼladir”.

Chunki, ularning ishlari tuzalib boʼlmaydigan darajada qattiq buzilgan.Hatto Paygʼambar alayhissalom ular uchun istigʼfor aytsalar ham, gunohlari magʼfirat qilinmaydi.

         Bu dunyoga kelgan insonlar bir-biri bilan muomala qilmasdan iloji yo‘q. Odamlarning bir-biri bilan qiladigan muomalalari xuddi mehmonga qiladigan muomaladek shirin va muloyim bo‘lishi shart, zero barchamiz bu dunyoda vaqtinchalik mehmonmiz. Bu to‘g‘rida Oisha (r.a.) onamizga qilgan pandu-nasixatlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday degan ekanlar: «Ey Oysha, o‘zingga yumshoqlikni lozim tutgin, qo‘pollik va undan paydo bo‘ladigan yomonliklardan saqlan, chunki yumshoqlik aralashgan har bir narsa chiroyli bo‘lur va yumshoqlik aralashmagan narsaning ayblari ko‘rinib qolur».

      Darhaqiqat, yumshoq, shirin so‘zli kishini barcha yaxshi ko‘radi, qo‘pol kishidan esa o‘zini chetga oladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ummatlarini ko‘rkam xulkli bo‘lishga chaqirib shunday deganlar: «Qiyomat kunida mo‘min bandaning‘ barcha amallari tarozuga qo‘yilganda eng tosh bosadigan amali yaxshi xulqdir, Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qiluvchilarni o‘ziga dust tutmas». Hadisda keltirilishicha: «Odamlarga aralashmagan, ularning ozorlariga sabr qilmagan mo‘mindan, odamlarga aralashgan, ularning ozorlariga sabr qilgan mo‘min afzalroqdur». 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni sahobalaridan: «Xo‘sh, kimni eng kuchli odam deb o‘ylaysizlar?» - deb, so‘radilar. Sahobalar: «Raqibini tezlik bilan engadigan, yiqitadigan kishi eng kuchli polvon bo‘ladi», deb javob berdilar. Shunda u zot (s.a.v.): «Yo‘q, unday emas, jahli chiqqanda g‘azabini ichiga yuta oladigan kishi eng kuchli polvondir», dedilar. Shu sababdan Alloh taolo ham g‘azabini ichiga yuta oladigan kishilarni o‘z Qur’oni Karimida maqtagan:

الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ {١٣٤} 

 

«U taqvodor zotlar yaxshi-yomon kunlarda infoq-yehson qiladigan, g‘azablarini ichiga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh taolo bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi».

     Jamiyat taraqqiyoti, uning yutuq va muammolari ko‘p jihatdan inson axloqiga bog‘liqdir. Insonning ahloqiy imkoniyatlari jamiyat rivojiga ta’sir etib, jamiyatning harakatlanuvchi kuchi bo‘lib xizmat qiladi.

     Jamiyatda inson ko‘proq o‘zining ikki qarama – qarshi tomonlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchisi – ijobiy, ya’ni yaratuvchi, o‘zgartiruvchi va ijodkor; Ikkinchisi– salbiy, ya’ni buzuvchi, qo‘poruvchi va boqimanda.        Amalda ijtimoiy hayot shuni ko‘rsatadiki, insonda zarur ta’lim – tarbiya yordamida birinchi sifatlar shakllansa, o‘sha zarur ta’lim – tarbiya doirasidan chetda qolganida unda ikkinchi sifatlar paydo bo‘ladi. Insonlar o‘zilarining maqsadlariga, qarashlari, mavqelari, faoliyat darajalari bilan bir – birlaridan farq qiladilar. Bu xususiyatlarning bir qism tug‘ma ravishda shakllangan bo‘lsa, aksariyati ta’lim va tarbiya orqali hosil qilinadi. Shuning uchun, jamiyat rivojining har bir bosqichida, davlat siyosatida inson muammosi, uning axloqi alohida e’tibor kasb etadi. Istiqlol tufayli, o‘zbek xalqi o‘zining mustaqil, suveren davlatiga ega bo‘ldi. Barkamol sog‘lom, axloqiy pok avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish orqali jahonning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqish maqsad qilib belgilandi. Siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy sohalar qatorida ta’lim – tarbiya sohasida ham islohotlar boshlab yuborildi. Jamiyatning barcha islohotlari inson bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, uning axloqiga, tarbiyasiga alohida e’tibor berila boshlandi. Buning o‘ziga xos ob’ektiv sabablarini nazariy tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadi: 

       Birinchidan– jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bevosita insonga, uning tarbiyasiga, axloq – odobiga bog‘liq ekani hisobga olina boshlandi.

       Ikkinchidan – insonning o‘zini va jamiyatda tutgan o‘rnini anglashi uchun imkon yaratildi.

       Uchinchidan– insonning tarbiyasini, axloqini yuqori saviyaga ko‘tarmay turib, odil, demokratik, adolatli jamiyatini qurish mumkin emasligi aniq sezildi.

       Ajdodlarimiz merosini tahlil qilar ekanmiz, inson axloqi va kamoloti ustida katta ish olib borganining guvohi bo‘lamiz. Ular inson axloqining shakllanishi masalasini har tomonlama o‘rganib chiqib, axloqiy barkamollikka erishish shartlarini ishlab chiqishgan

       Qiyomat kunida bandaning amallarini tortadigan adolat tarozusida yaxshi amallari og‘ir kelib, jannatga kirishni istagan odam husni xulqli bo‘lishi kerak ekan. Husni xulqli bo‘lmay, fahsh gap va ishlarni qiladigan, tilida chirkin so‘zlar ko‘p aytiladigan kishi bo‘lish esa, Alloh taoloning yomon ko‘rishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun husni xulqli bo‘laylik va fahshdan hamda chirkin gap-so‘zlardan yiroq yuraylik!

 

Ta’lim muassasasi o’quv ishlari

 bo’yicha director o’rinbosari                                                     H.Halimova

Izoh qoldirish