14.09.2023

Sog‘lom e’tiqoddan adashmaylik!

Inson qayerdan qanday ma’lumotlarni olmasin albatta tekshirib ko‘rishi va ularga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi kerak. 

Alloh  taoloning: “(Ey inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)” (Isro,36),-degan xitobiga qat’iy amal qilish lozim.

         E’tiqod ilmini yaxshi bilmasligi bois insonning aqidasi noqis bo‘lib qoladi. Dinimiz ta’limotiga ko‘ra, agar aqida buzuq, e’tiqod botil bo’lsa, kishining amali behuda ketadi va o’zi zalolat botqog’iga botadi.

          Sog’lom e’tqod nafaqat shaxs uchun, balki jamiyat uchun ham muhimdir. Qaysi jamiyatda kishilar e’tiqodi toza bo’lsa, o’sha joyda mustahkam tinchlik bo’ladi. Aksincha, buzuq e’tiqodli kishilardan-da xavfli odam bo’lmaydi, undaylar har qanday pastkashlikka tayyor turadi. Ular har bir jamiyat uchun kata tahdiddir! 

         Abdulloh ibn Mas’ud  (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo’llari bilan bir chiziq chizdilar va: “Mana shu Allohning to’g’ri yo’li”,-dedilar. Keyin u chiziqning o’ng-u so’liga chiziqlar chizib: “Mana bu yo’llarning har birining boshida bir shayton turib, unga chaqirib turadi”, dedilar. So’ng “Albatta, mana shu (Mening) To’g’ri yo’limdir. Unga ergashingiz! (Boshqa turli) yo’llarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yo’lidan ayirib qo’yadi. Taqvoli bo’lishingiz uchun (Allohning) qilgan hukm(lar)i mana shu(lar)dir” (An’om, 153) oyatini o’qidilar” (Imom Ahmad rivoyati).

 

 

 

 

 

 

Ta’lim muassasasi yoshlar bilan ishlash 

ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha bo’lim boshligi:                   I.Usta-Alimova 

 

Izoh qoldirish