13.09.2023

MAZHABSIZLIK TUSHINCHASI.


XX asr soʻnggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami paydo boʻldiki, u ham boʻlsa mazhabsizlikka chaqiruvchilar toifasidir. Harakat tarafdorlarining da'vosicha, islomda unga eʼtiqod qiluvchi shaxs uchun sunniylikdagi toʻrt mazhablarning biriga ergashish shart qilinmagan. Maʼlumki, sunniylikda toʻrtta fiqhiy mazhablar boʻlib, ular: hanafiy, shofe'iy , molikiy, hanbaliy mazhablaridir. Bu fiqhiy mazhablar islomda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi tahlikali kunda aqidada adashayotgan, mutaassib, ekstremistik oqimlarga daʼvat qilayotganlarning nohaq davolariga zarba berishda asos boʻlayotgan bu mazhablar asoslarini tutganlar adashmaydilar.
Hanafiylik mazhabi mo' tadilligi, dinimizning mohiyatini musulmonlarga oson yetqazishi, diyorimiz musulmonlari asrlar osha oʻzaro ittifoqda, muammolarni oson  bartaraf qilib, din koʻrsatmalariga goʻzal holda amal qilib kelayotgani yurtimizda koʻp sonli zabardast olimlarning yetishib chiqayotgani kabilarda, eng maqbuli sifatida oʻz isbotini topdi. Bizning yurtimizda diniy eʼtiqodimiz , asosan, hanafiy mazhabi asosida ekani Yaratganning marhamati, moʻmin - musulmonlarning hidoyat yoʻlida, ahil-birdam ekanining asosiy sabablaridan biridir. Zero, taniqli olim, marhum Ramazon Butiy taʼkidlaganidek: " Mazhabsizlik bu dinsizlikka olib boruvchi koʻprikdir" .
Haqiqatan etibor berib oʻrganib koʻrsak, hozirgi kunimizda din niqobi ostidagi hamma buzgʻunchi ekstremistik oqimlar va guruhlarning a'zolari mazhabsizlikning. Shu oʻrinda diyorimiz musulmonlari islom dini kirib kelgan vaqtdan boshlab Imomi A'zam (hanafiy) mazhabi ko'rsatmasiga rioya qilib kelayotganini alohida taʼkidlab o'tishimiz zarur. O'tgan ulamolarimizning deyarli hammasi ham shu mazhab asosida asarlar bitib qoldirishgan. Biz barchamiz dinimiz ko'rsatmalarini xalqimizga ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiylik mazhabi eʼtiqodiga muvofiq mukammal qilib etqazishga masʼulmiz. 
 

Tayyorladi: 2- kurs talabasi Eshboyeva Nozima

Izoh qoldirish