08.09.2023
Kosmetik jarrohlik va unga bog’liq masalalar.
Bu mavzu bo’yicha hozirgi kunda juda ko’plab tortishuvlar, munoqashalar bo’lmoqda. Barcha tortishuvlarni, fikrlarni ko’rib chiqib, Islom Konferensiyasi Tashkiloti qoshidagi xalqaro Islom Fiqhi Akademiyasining quyidagicha qarorini sizlarga taqdim qilmoqchimiz. Avvalo Kosmetik jarrohlikka ta’rif bermoqchimiz.
Kosmetik jarrohlik - Insonni zohiriy jismidagi bo’laklaridan birini o’zgartirish orqali chiroy kiritish yoki shikast yetganligi sababli vazifasini qayta ishga tushirish uchun xizmat qiladigan jarrohlikdir. Kosmetik jarrohlik qilish jozmi? Joiz bo’lishi uchun bir qancha shartlar belgilangan.
1.Jarrohlik shar’iy e’tibor bilan amalga oshirilgan bo’lmog’i lozim. Masalan, vazifani qayta yo’lga qo’yish, aybni isloh qilish va xilqatni asliga qaytarish.
2.Jarrohlikdan umid qilingan manfaat o’rniga zararni oshirib yubormasligi kerak. Bu ishni mutaxasis va ishonchli kishilar amalga oshirmog’i lozim.
3.Jarrohlik amaliyotini qiluvchi tabib yoki hamshira o’sha kasbning ahli va mutaxasisi bo’lishi.
4.Jarrohlik amaliyoti bemorning izni bilan bo’lishi.
5. Tabib ongli va voqe bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni ko’ra-bila oladigan bo’lishi lozim.
6. Jarrohlikdan ta’siri oz bo’lgan boshqa muolaja bo’lmasligi lozim.
7.Shar’iy manbalarga muxolif bo’lmasligi kerak.
Ya’ni ushbu hadisda qaytarilgan ishlar bo’lmasligi lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u zot:
«Igna bilan badaniga sur’at chizuvchi ayol va chizdiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarining orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani o’zgartiruvchinib la’natlagan», deb aytdilar» (imom buxoriy rivoyat qilgan).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilingan rivoyatda keltirilishicha, soch ulovchi ayol va soch ulatuvchi ayol, igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdiruvchi, o’g’riqsiz badaniga surat chizuvchini la’natlangan (Abu Dovud rivoyati).
Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’zini ayollarga o’xshatuvchi erkakka hamda o’zini erkakka o’xshatuvchi ayolga bunday qilishni man etganlar.
8. Davolanish qoidalariga amal qilmog’i. Nomahram bilan xoli qolmaslik, avratlarni ochmaslik va shunga o’xshash narsalardan chetlanish. Zarurat uchun yoki majbur bo’lib qolganda zarari yo’q.
Ushbu shartlarga rioya qilinsagina jarrohlik amaliyotini amalga oshirish joiz bo’ladi.
Qanday turdagi insonlar jarrohlik amaliyotini amalga osirsa joiz?
a) Jismdagi a’zoning shaklini Alloh xalq qilgan xolatiga qaytarish;
Alloh Qur’onda bu haqda:»Batahqiq, Biz insonni eng go’zal tuzilishda yaratdik», deb aytgan (Tiyn surasi, 4-oyat).
b) Jism a’zosiga taniqli, ma’lum vazifasini qaytarish;
c) Xalqiy ayblarni isloh qilish.
Masalan, yirtilgan lab, qiyshiq burun, xol, barmoq va tishlarning ortiqchasi yoki barmoq yopishib qolib, uning shu tarzda turishi moddiy yoki ma’naviy zarar keltirsa;
g) Baxtsiz hodisalar sababli, misol uchun, yong’in, ma’lum bir kasallik va boshqa shunga o’xshash narsalar natijasida shikastlangan terini olib tashlab, sog’ terini yamash amaliyoti;
Ko’krak bezi kasallikka olib borishidan xavfga tushilsa, uning ba’zi qismini yoki barchasini olib tashlash;
Soch to’kilib ketganda soch ekish.
d) Badbasharalikni yo’qotish, xususan, bu nafsiy aziyatga sabab bo’lsa.
Kosmetik jarrohlik amaliyoti tibbiy muolaja bo’lmay balki insonning tekis xilqatini o’z havoyi nafsiga ergashib yoki boshqalarga taqlid qilib, rag’batlarini ro’yobga chiqarish maqsadida bo’lsa, joiz emas. Jumladan, yuzni muayyan ko’rinishda ko’rinishi uchun yoki firib qasdi va adolatni buzish ma’nosida boshqacha tusga kiritish, burun shaklini o’zgartirish, labni katta yoki kichik qilish va ko’z shaklini o’zgartirish, lunjni kengaytirish kabilar.
Agar vazn biror kasallikni keltirib chiqarsa, uni ilmiy vositalar bilan kamaytirish. Jarrohlikdan boshqa yo’l qolmasa, zarardan omonda bo’lish sharti bilan jarrohlik amaliyoti o’tkazish joiz. Ajinni jarrohlik yo’li orqali yoki ukol orqali modomoki kasallik holati bo’lmasa, zarardan omonda bo’lish sharti bilan joiz emas. Mutaxasis tabib tibbiy amallarda shar’iy qoidalarga amal qilishi va jarrohlik qildirayotganlarga nasihat qilishi lozim. Chunki«Din nasihatdir»,deyilgan.
Quyidagi narsalar tavsiya qilinadi:
1.Shifoxona va xususiy klinika xodimlari, Allohga taqvo qilishni lozim toping. Amaliyot davomida harom narsalarga yo’l qo’ymang.
2.Tabiblar va jarrohlar xos tibbiy mashg’ulot va kosmetik jarrohlikka taalluqli narsalarda fiqhni bilishlari va u ishlarida shar’iy hukmni aniqlamasdan turib, faqat moddiy manfaatni o’ylamasliklari lozim. Hamda haqqa muxolif bo’lgan savdoga targ’ib qiluvchi narsaga ham bormasligi lozim.
Muassasa mudarissasi Hayotova Xolisa
Izoh qoldirish