Mahramlarimizni bilib olaylik
Alloh azza va jalla dunyoda ayol kishini alohida bir ahamiyat kasb etuvchi, jamiyatning tirgagi, qalblarning xotirjam nishonasi hamda durlar kabi yashiringan bir ajiyb va go'zal xilqat qilib yaratdi. Islom ummatining baxt-saodatga erishishi uchun barcha narsani batafsil bayon etib bergan Qur’oni Karim ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan umr yo‘ldoshidan tashqari mahram erkaklarni umumiy hukmdan istisno tarzda birma-bir bayon etgan. Buning hikmati oyatda zikr qilingan erkaklar bilan ayolning doimiy muomalada bo‘lish zaruratidir. Bu zikr qilingan erkaklar ayol ila qarindoshlik rishtasi bilan bog‘liq va fitnaga o‘rin yo‘q. Quyida ayol kishilarning mahramlari bilan tanishib chiqamiz.
1. Er. Er xotinning barcha joyiga, butun vujuduga qarashi mumkin. Yana oyatda istisno etilgan a’zodan tashqari barcha a’zolardan manfaatlanishi mumkin.
2. Ota va bobolar. Ayolning ota va ona tomonidan otalarim.
3. Erning otasi (qaynotasi).
4. Ayolning o‘z o‘g‘illari, erining o‘g‘illari (o‘gay o‘g‘illar) va nabiralari.
5. Ayolning qarindosh(aka-uka, opa-singil)lari. Xoh ota-onasi bir, xoh faqat ona, yoki ota bir qarindoshi bo‘lsin, farqi yo‘q.
6. Qarindosh(aka-uka, opa-singil)larining o‘g‘illari.
7. Emikdosh bo'lgan aka-ukalar.
Sanab o‘tilganlarning barchasi ayolga mahram hisoblanadi. Bular oldida ziynatlarini ochish mubohdir. Mahramlardan tashqari begona erkaklar yuz va qo‘llaridan boshqa o‘rinlarni ko‘rishi haromdir. Yuz va qo‘lning avrat emasligini aytadigan olimlar u ikkisida hech bir ziynat ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib qo‘yadilar.
Ehtiyot jihatdan ayollar o'g'il bolalar oldida ham o'z ziynatlarini berkitishdan ogoh bo'lishlari lozim. O'n yoshga yetgan o'g'il bolalardan ehtiyot bo'lib ish yuritishlari lozim. Zero, ayol kishi tarbiyachi hamdir, o'z qizlariga ham go'zal o'rnak bo'lishi lozim. Va qizlariga ham shunday nozik masalalarni uqtirishi darkor. Ayol kishing hayosi uning bor-u yo'g'i, otasining jahannamdan qalqoni, erining rizo bo'lishidir. G'urur va hamiyat hayo mezonlari bilan o'lchanadi.
Muassasa mudarrisasi Doniyorova Xonzoda
Izoh qoldirish