ILK KO’NIKMALAR
Avvalo bolaga o’zini anglash, hissiyotlarini boshqarish, zarofat va nazokatni singdirish kerak hamda tabiat va insoniyatga to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rgatish kerak. Bu tushunchalarni bolaga togri singdirish erta yoshda bolani togri dasturlashga oxshaydi. Dastur bolaga atrofni kuzatish orqali o'rnashadi. Demak, harakatlaringizga ehtiyot bo'ling!
Ovoz chiqarib, qahramonlarni jonlantirib kitob o’qing va o’qiganlarini savol javob orqali bola bilan muhokama qiling. Yoki har kuni shunday hikoyalarni farzandingiz o’ynab o’tirgan mahal audio shaklda eshittirishga odatlaning. Bu nafaqat ruhiy va diniy tarbiya, balki farzandingizning so’z boyligi va tasavvur olamini ham go’zal shaklda boyitadi.
Navbatdagi ehtiyojimiz aqliy va mantiqiy rivojlanish bo’lib, farzandingiz qancha erta yoshda turli qiyinchilikdagi topshiriqlarni yechishga o’rgansa, keyingi bosqichdagi rivojlanishlar shunchalik muvaffaqiyatli kechadi.
Bolaning rivojlanish bosqichiga qarab, avvalo matoli, fetrli busy booklardan va aqlni charxlovchi montessory uslubida yog’och o’yinchoqlar va puzzle lardan unumli foydalanishni tavsiya qilaman. 2 yoshdan boshlab esa kartonli va lipuchkali kitoblardan, 3 yoshdan boshlab o’qish va yozishga undovchi usullardan foydalanib farzandingizni erta rivojlantirishga intiling.
Mohiyati jihatidan yirik va mayda qo’l matorikasini rivojlantiruvchi har qanday mashg’ulot bolangiz uchun benihoya foydali bo’lib, bu turli rang va teksturalardan iborat jismlar bilan ishlash orqali shakllanadi. Qo’l barmoqlari uchun eng foydali o’yinchoq notekis ishlangan munchoqlar va tasbehlar degan bo’lardim. Oyoq uchun esa tosh ko’chalarda oyoqyalang yurishdan yaxshiroq mashq yo’q.
Erta yoshda farzandlarimizga o’rgatish shart bo’lgan uchinchi eng muhim narsa bu tildir! Chunki inson miyasi 7-8 yoshgacha til o’rganishga kuchli ehtiyoj va ishtiyoq tuyadi. Bola bu davrda har yili bitta chet tilni qo’shib borsangiz ham qiynalmasdan o’rganadi.
Xulosa shuki farzandingizning kelajakda kim bo’lishi bu sizning yoshlikda unga o’rnatgan dasturingiz natijasidir.
•Ta'lim muassasasi mudarrisasi M. O'rinova.
@juyborikalon🕊
Izoh qoldirish