Ikkinchi tilni o’rganish qanday boshlanadi?
Adem Guneshning Bola nimani nega qiladi asarini o’qiyapman. 3- bo’limi bolada nutq rivojlanishi mavzusiga bag’ishlanadi.
2 yoshgacha bolada til o’rganish jarayoni jadal kechadi. Ota-ona ikki tilda gaplasha olsangiz omadli ekansiz. Muhimi bola 6 oyga to’lguncha onasidan u yaxshi bilgan tilda eshitishi kerak. Sababi bu davrda ongostida fonetik poydevor paydo bo’ladi.
7 oydan keyingina bola bilan ikkinchi tilda muloqotni boshlash va ilk 6 oygacha foydalanilgan tilni aralashtirib gapirmaslik kerak deyiladi kitobda. Bola 1 yoshdan oshib ota yoki onasi bilan yuzlanganda ularning tilida so’zlasha boshlaydi. Qanchalik hayratlanarli bo’lmasin bu haqiqat!
Shunday qilib 2-3 yoshgacha har ikkala tilni mustahkam olib borish kerak. Bu paytgacha bola ikki tilda gaplashayotganini o’zi ham sezmaydi. Uning uchun muloqot ehtiyoji o’laroq ota bilan gaplashganda bir tilni, ona bilan yana bir boshqa tilni bilish kerak ekan deb o’ylaydi xolos😀.
Bola 3-4 yoshga kirganda boshqa bir tilda so’zlashuvchi inson tarbiyasida (enaga, boxchaopa) bo’lish orqali uchinchi bir tilni tabiiy usulda o’rganishga kirishgani ma’qul. Shunday qilib 6 yoshgacha har yili yangi bir tilni tanishtirish va hammasini parallel olib borish mumkin.
Erta yoshda til o’rganishda eng muhimi muloqot, va undanda muhimi turli tillar uchun turli shaxslar bilan muloqot qilish bola chalkashmasligiga va hammasi oson kechishiga olib keladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i
I. Usta-Alimova
Izoh qoldirish