06.04.2023

Imom Moturidiyning g‘oyalari

IImom Moturudiy g'oyalari bag'rikeng ta'limot ekanligining guvohi bo'lamiz. Bu ta'limot haqiqatga yaqin ekanligini Qur'onu karim oyatlari isbotlaydi. Imom Moturudiyning aqoid e’tiboridan yozgan tafsir kitoblari juda mashhurdir. Unda asosan, oyatlarning e’tiqodiy jihatlariga muallif urg‘u bergan. Imomning oyatlarni tushunishda sinchikovlik va takrorlanmas e’tibori oyatlardan aqida masalalarini olishda ahamiyatlidir. Bunga misollar ko‘p. Alloh taolo muqaddas va ulug‘ Qur'oni karim va azimu-sha’nning ko'plab oyatlarida: 

 "إنّ الذين أمنوا وعملوا الصالحات", ya'ni, "Albatta imon keltirganlar va solihamallar qilganlar", deb solih amal qilganlarni "va" bog'lovchisi bilan imon keltirganlar jumlasiga bog'lab kelmoqda. Shundan "Solih amallar" imondan emasligiga aniq va ravshan dalil bordir. Chunki imondan bo'lganda edi "va" bog'lovchisi bilan emas, boshqa bog‘lovchi-biriktiruvchi orqali bayon qilingan, “va” bilan bog'lab kelmagan bo'lar edi deyiladi. 

Boshqa misol. Imom Moturudiy nazariyalari bo'yicha imondan istisno bo'lish mumkin emas. Bir kishidan: “Musulmonmisan?” – deb so'ralganda, u: "Alhamdulilloh musulmonman", – deyishi kerak. Chunki u kishi bu o‘rinda o'zining musulmonligiga shak-shubhasiz, qat'iy ishonadi. Alloh Taoloning kalomi uning haqligini tasdiqlaydi. Alloh subhanahu va Taolo “Hujrot” surasining 15-oyatida: 

«Haqiqiy mo'minlar faqat Allohga va Uning Rasuliga imon keltirib, keyin (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir. Ana o'shalar (o'z imonida) sodiq bo'lgan zotlardir», deb marhamat qilgan. 

Demak, haqiqiy iymon mo‘min kishining qalbida ishonishi lozim bo‘lgan barcha narsalarga nisbatan hech qanday shak yoki shubha qoldirmaydi. Imonli kishi o‘z e’tiqodida sobit bo‘lgan narsalarga hayotida amal qilib yashamog‘i lozim (Tafsiri hilol).

 

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi    A.Jamilova

Izoh qoldirish

Izohlar