27.04.2023

Ikki buyuk aqoid imomlari xizmati

E’tiqod barcha ilohiy dinlarning asosini tashkil etadi. Ilohiy deganda albatta Alloh Taolo tomonidan kitob tushurilgan samoviy dinlar: islom, yahudiylik va nasroniylik dini tushuniladi. Bu ikki din hozirgi kunda botil e’tiqod qilishsada, ularning lug‘atlarida, dinlarida e’tiqod tushunchasi mavjud. E’tiqod bu dinlardagi eng ustuvor unsure hisoblanadi. Chunki u zamonlar o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan hukmlarga o‘xshamaydi. Balki, u Odam alayhissalomdan boshlanib, qiyomatgacha o‘zgarmay turadigan tushunchadir. Buning dalili, Alloh Taolo tomonidan payg‘ambarlik tugaguncha kelgan shariat har bir payg‘ambarning o‘ziga yangi shariat bo‘lib tushavergan, lekin, e’tiqod tushunchasi o‘zgarmay kelgan. 

Shuning uchun ham islomda e’tiqod tushunchasiga amal qilib kelayotgan katta oqim "Ahli sunnat va jamoat" deb nomlangan. Bu jamoa a’zolari sunniylik e’tiqodidagi hanafiylik, shofe’iylik, molikiylik va hanbaliylik mazhablarini haq deb biladi. Ular Aqoid ilmining ikki buyuk imomlari Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasan Ash’ariy asos solgan aqidaviy ta’limotlarga amal qiladi. 

Hozirgi paytda dunyodagi barcha musulmonlarning uchdan ikki qismi Moturidiy aqidasiga, bir qismi Imom Ash’ariy aqidasiga amal qiladi. Barchamizga ma’lumki, islom dini fiqhda to‘rt mazhabga, e’tiqodda esa ikki yuqorida zikri o‘tgan aqida imomlari mazhabiga bo‘linadi. Bu ikki imomning qarashlari ikki xil sanalishi juz’iy va vasfiy e’tibordan, asl ma’no e’tiboridan esa bitta hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz xabar qilganlaridek, islom ummati U Zot sollallohu alayhi vasallam o‘tganlaridan so‘ng tezda 73 firqaga bo‘linib ketdi. Ulamoi kiromlar musulmonlarni botil, gumroh, bid’atchi firqalardan asrash maqsadida ularga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xabar qilgan nojiya firqa e’tiqodi qandayligini tushuntirganlar. Islom tarixida qanchadan-qancha mazhablar, firqalar chiqqan bo‘lsa-da, ulamolar ularning yo‘llari to‘g‘riligiga ijmo’ qilmaganligidan, tezda yuqolib ketishdi. Ahli nojiya deb e’lon qilingan ahli sunnat val jamoat haq bo‘lganligi sababli 14 asrdan beri yashab kelmoqda. Sog‘lom e’tiqodni zamonlar osha buzulmay kelishida ikki buyuk imomlar: Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasan Ash’ariy o‘zlarining beqiyos xissalarini qo‘shishgan. 

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi    A.Jamilova

Izoh qoldirish