Shogirdlarni tarbiyalash usuli
Shogirdlarni tarbiyalash usuli
• Ustoz oʻz shogirdlarini Sunnat odoblari, maqtalgan xulqlar ruhida tarbiyalashi lozim. Shuningdek, nafsini odamlar nazdida kichik koʻringan xato-kamchiliklardan saqlab yurishga undaydi. Barcha maxfiy va oshkora ishlarida ehtiyotkorlikka, gap-soʻzlari va doimiy amali bilan ixlos, sidq, niyatni poklashga chaqirib, Alloh taolo uni har lahzada kuzatib turganligini eslatadi. Chunki shundagina unga (shogirdga) maʼrifat eshiklari ochilib, koʻngli ravshanlashadi, qalbidan hikmat buloqlari koʻz ochadi, ustozi ham uning barcha ishlariga baraka tilab, qilgan amallaridan rozi boʻladi.• Muallim ilm berishda jiddi-jahd qiladi va zurur boʻlmagan dunyoviy ishlarini undan(taʼlimdan) ustun qoʻymaydi. Taʼlim berish jarayonida qalbini chalgʻituvchi barcha narsalardan forigʻ qiladi. (Darsni) tushuntirishda bor kuch-gʻayratini ayamaydi, har bir talabaning qobiliyatiga qarab, kuchi yetadigan narsani beradi, yaʼni ilmda kuchsizroq boʻlganlarga koʻpaytirmaydi, aksincha qobiliyatlilaridan esa oʻz ilmini qizgʻonmaydi. Oʻrgangan ilmlarini takrorlashga buyuradi va qobiliyati zohir boʻlgan, ammo bu qobiliyatidan zarracha ham ajablanmaydigan halim talabalarni oz-ozdan maqtab turadi. Agar shogirdlaridan biri oʻz ustozidan oʻzib ketadigan taqdirda ularga hasad qilmaydi, Alloh taoloning unga bergan neʼmatlariga (qobiliyat) yomon koʻz bilan qaramaydi, chunki oʻzgalarga hasad qilish harom va katta gunohdir. Oʻz farzandi oʻrnida koʻradigan shogirdiga qanday qilib hasad qilish mumkin?! Xolbuki, uning fazilati bilan muallimga katta ajru savob, dunyoda esa hurmat-ehtirom qaytadi. Alloh muvaffaq qilguvchidir.• Darsni oʻqitishda birinchi kelgan talabadan boshlaydi, agar birinchi talaba rozi boʻlsa, boshqalarga oʻtishi mumkin. Ularni mamnuniyat, ochiq yuz bilan kutib oladi, hol-ahvolini surishtirib, darsda qatnashmagan talabalarni yoʻqlaydi.Ulardan birortasining niyati yaxshi emasligini koʻrib, ilm berishdan toʻxtamaydi, zero ilm faqatgina Alloh taolo yoʻlidaberiladi va olinadi.
“Qur’onni ko’targuvchilar odobining bayoni” kitobidan tarjima
Ta'lim muassasasi o'qituvchisi S.Amonova
Izoh qoldirish