Saodat asri sog'inchi
Saodat asrini sog’indim... ya Rasululloh. Sizning borligingiz ila yorug’ bo’lgan asli zulmat kechalarni, borligingiz qalblarga tasalli bergan kunlarni qo’msadim. O’sha juda oddiy hayotda bo’lgim kelyapti. Izingizdan yurib, saboq olgim kelyapti. Sog’indim...juda qattiq sog’indim...netay qalbim o’kinchdan yondi. Siyohim bitdiki, sog’inch bitmadi.
Ey sarvari koinot...Ey borligi qalblarni nurafshon qilgan zot...habibim...tushlarimga kiring, mehmonim bo’ling. Gunohlarim ko’p shafoatingizga muhtojman. Kelib, qop-qorong’u zimiston vujudimni bahor kabi yashnating.
Salovatlarim yetib boryaptimi...ularni olyapszmi, Nabiyulloh. Qaniydi bo’lsangiz...”Ey ummatim, ey birodarim” desangiz...o’shal kun mendanda baxtli inson qolmagan bo’lardi.
Har eshik ochilganda siz kirib kelarmikinsiz deya intizor bo’ldim. Ammo bu kichik, johil yuragim sizni ko’rishga kuchi ham, jur’ati ham yetmagan bo’lardi. Yuzlari o’n to’rt kunlik oydanda go’zal sayyidim...meni ham Madinaga chorlang. Oldingizda bo’lay. Posboningiz bo’lay....Madinamga chorlang. Hijrat qilib kelganizda madina ahli kabi quvnay...shodlikdan tong quyoshi kabi porlay...🥺
Yo Habibim...Yo Muhammad
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad
Ta'lim muassasasi talabasi O.Sattorova
Izoh qoldirish