13.03.2023

Islom- bu tinchlik dinidir

Islom - Tinchlik va totuvlik demakdir. Bu din butun millat va elatlarni yagona bir din yakka xudolikga asoslangan islom dini negizida birlashtirgandir. Dinimiz doimo yaxshilikga da'vat etuvchi, yomonliklardan esa uzoq yurishni takidlaydi. Qilayotgan xar bir amallarimizni xoh yaxshi boʻlsin, xoh yomon, kun kelib yaratgan oldida javob berishimizni bilib toʻgʻri yoʻldan yurmoqlikni xech qachon unutmasligimiz kerak. Ammo ayrim bir dinni niqob qilib kiygan, kofirlar jihod deb oʻzining musulmon birodarlarini qonini toʻkmoqda. Qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritgan bu munofiqlar aslida oʻz choʻponini yoʻqotgan, choʻlda sangʻib yurgan qoʻylardek nima qilayotganlarini bilishmaydi. Mana shunday fosiqlarni deb bugun millionlab bolalar yetim, ayollar beva, ota-onalar esa farzandsiz qolmoqda, aslida esa bizning dinimiz tinchlik demakdir. Har bir kunimiz uchun Allohga shukurona aytib yashashimiz kerak. Tugʻulganimizda aytilgan Azon oʻlganimizda oʻqiladigan janoza namozi uchundir.  Umrimiz shunchalik qisqaki har bir soniyasini yaxshi amallar bilan toʻldirmogʻimiz darkor.
Allohu Akbar !

 

Ta'lim muassasasi talabasi     M.Begmamatova

Izoh qoldirish