10.03.2023

Musulmonni kofir deyish og'ir gunoh

Bugungi internet tarmoqlari orqali adashgan firqalar musulmonlarni kofirga chiqarish  bilan eng og'ir gunohga botmoqda. Ularning bundan ko'zlagan asosiy maqsadi esa insonlarni kofirlikda ayblash orqali ularga qarshi urush e'lon qilishga bahona topishdir. Jumladan, "ISHID" terrorchi to'dasi a'zolaridan biri: "Hozirgi vaqtda dunyoning barcha joyi kufr diyoridir, hatto Makka va Madina ham",-deb bo'hton tarqatgan. Allohdan qo'rqqan, islomdan xabari bor har qanday inson bu gaplarni aytishdan o'zini teyadi. 
Musulmon kishini kofirga chiqarish mumkin emasligi borasida Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: "Uch narsa imonning aslidir: " Laa ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yo'q!) degan kimsaga tegmaslik, gunohi Bois uni kufrda ayblamaslik, amali uchun uni Islomdan chiqarmaslik". 
Hazrat Oisha (roziyallohu anho): "Qibla ahlini kofirga chiqarish yo'q", deganlar. Abu Hanifa (rahimahulloh alayh) esa "Musulmon kishi, bir gunohni qilgani bilan o'sha gunohni halol sanamasa, uni kofirga chiqarmaymiz", deb ta'kidlaganlar. 
Yuqoridagi keltirilgan fikrlar asosida aytish mumkinki, hech kim boshqa bir kishini "kofir"likda ayblash huquqi berilmagan. Chunki inson qalbida kechayotgan his tuyg'ularni Yaratgandan boshqa hech Kim bilmaydi.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Axmadova Shodiyabonu
Mas'ul o'qituvchi: "Mazhablar va yo'nalishlar" fani o'qituvchi Mavlonov Jamol

Izoh qoldirish