10.03.2023

Odam savdosiga qarshimiz!


Bugungi kunimizning eng dolzarb muammolarnidan biri bu odam savdosizdir! Dunyo bo'ylab shuncha keng qamrovli amaliyot, tegishli targ'ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya'ni odam savdosi qurboniga aylanib yosh umrlari hazon qilmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi judayam achinarli. Bu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo'layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma'lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o'zga davlat, begona bir muhitga tushib qolganlar mo'may daromad ilinjida og'ir jismoniy mehnatga majburlanib, ayollar esa tuban va fahsh ishlarga majbur etilmoqda.
Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan. Achinarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo'yicha 600–800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo'li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
       Zero, odam savdosi – kechirib bo'lmas jinoyat, og'ir gunoh!
    Ogoh bo‘laylik!                                                              Mirzobiddinova N.

Izoh qoldirish

Izohlar