09.03.2023

Poraxo‘rlik

Alloh taolo aytadi: <<Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq - harom yo'llar bilan yemangiz!  (Ya'ni, bir- biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunohingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir gunoh - harom yo'llar bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!  (Baqara surasi, 188-oyat).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora berganni ham, pora oluvchini ham la'natladilar» (Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Abu Umoma Bohilly roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim birodari uchun vositachilik qilsa-yu, buning evaziga unga hadya berganda hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlikning katta eshiklaridan biriga yaqinlashibdi» 
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Birodaringning hojatini bilib, uni ravo qilsang-u, (buning evaziga) senga hadya berganda, qabul qilsang, bu ishing haromdir».
Allohdan barcha balo-ofatlardan sog'-salomat saqlashini so'raymiz.

 

Таyyorladi :                              1-kurs talabasi X.Xo'jamurodova 

Mas'ul                                       Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat

                                                   ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i

Izoh qoldirish