QALBIMIZ SURURI -RAMAZON KELMOQDA!
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Barchamiz yil davomida kelishiga ham qalban, ham ruhan, ham zohiran intiq bo'lgan Mohi Ramazon oyi kelishiga ham oz fursar qoldi. Bu oyni Allohning zikrida va ibodatida yaqin bo'lib, uning fayzidan samarali foydalana olmoq har birimizning maqsadimiz desak ham bo'ladi.
Alloh taolo bizga ushbu oyni muqaddas, ajr-u savobga boy qilib qo'yibdi, biz esa bundan unumli foydalana olmog'imiz darkor. Ayniqsa, ayol-qizlar uy-ro'zg'or bilan birgalikda Qur'on xatmi, nafl ibodatlar va zikrlarga ajrata olishlari ular uchun ma'nan va ruhan boyitish fursatidir.
Ramazon...O'z fayz-u tarovati bilan kirib keldi. Saharlik, iftorlik va taroveh namozlar... Tasavvur qilishni o'ziyoq kishi qalbiga o'zgacha sokinlikni jam qiladi.
Mohi Ramazon kirib kelishidan oldin qilinishi lozim bo'lgan ishlar:
1. Ramazon oyi kirib kelishidan oldin ro'zaga oid hukmlarni ham o'rganib olmoq lozim hisoblanadi.
2. So'ng bu qutlug' oyni kutib olish hamda uni farzandlarga yanada sevimli qilish uchun maxsus bezaklar ila bezating.
3. Uyni, hovli va bog'larni tozalash, xonadonga Ramazon shukuhini olib kelish
4. Ramazon oyida horg'inlik bo'lib qolmasligi uchun mahsulotlarni ham keragicha va yarim tayyor holatga keltirib qo'ymoq.
Ramazon oyida ko'proq nimalar bilan band bo'lgan afzal? Quyida bularni ketma-ket zikr qilamiz:
1. Eng kamida Qur'oni Karimni bir marta xatm qilish, albatta, xatmlar soni qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.
2. Har kuni tarovih namozlarini ado etish.
3. Nafl ibodatlarni ko'paytirish
4. Farz namozlarni o'z vaqtida o'qish.
5. Har xil ma'siyat ishlardan jumladan, g'iybat, yolg'on kabilar.
6. Doim zikrda bo'lish, iloji boricha har qanday vaqtdan unumli foydalanib, salavot va zikrlarni ko'paytirish.
7. Boshqalar uchun oz bo'lsa-da, yordam berish, sadaqa berish.
8. Farzandlariga ham ibodatlarda ko'mak berish, va diniy bilimlardan biroz ko'mak berish.
Bu muborak oyning har kuni bir-biridan qiymatlidir. Alloh taolo uni boshidagi o'n kunligini rahmat, o'rtasini mag'firat va so'nggi o'n kunligini do'zaxdan panoh kunlari qilib belgilab qo'ydi. Va shu oxirgi o'n kunlikda barchamiz uchun Qur'onda zikr qilib qo'yilgani kabi ming oydan ham avloroq bo'lgan Laylatul qadr kechasini in'om etdi. Mana shunday muborak oy kirib kelishining avvalida ekanmiz, Alloh taolo barchamizni bunga muvaffaq aylasin, ikki dunyo saodatini nasib aylasin, va bu oy barchamiz uchun barakotli o'tsin. Amiyn.
•3-kurs talabasi Sattorova Ozoda
Izoh qoldirish