Nihoyatda muhim, muxtasar va jomeʼ nasihat
Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: «Sizlarga bir necha yuz yillik tadqiqotlarning xulosasi boʻlgan bir jumlani aytaman. Bu jumla oʻzida tasavvuf yoʻlining mukammal haqiqatini qamragan boʻlib, barcha gumrohlik va parishonliklardan najot topishga sabab ham boʻladi:
“Infiʼolot, yaʼni xursandlik, gʻazab, xafalik, ibodatga shavq va hokazo kayfiyatlar gʻayriixtiyoriydir, afʼol (namoz, roʻza va hokazo inson oʻz xohishi bilan bajaradigan amallar) esa ixtiyoriydir. Bu yoʻlda talab qilingan narsalar shulardir. Infiʼolot esa talab qilingan emas, unga erishishning payidan boʻlish oʻziga gʻamni sotib olishdir”.
Boshqacha qilib tushuntirsak, buyurilgan amallarni qilish ixtiyoriy, lekin ularni qilgandan keyin paydo boʻladigan kayfiyat va holatlar insonning ixtiyoridan tashqaridir, yaʼni “qilish” ixtiyoriy, “boʻlish” g’ayri ixtiyoriydir. Bandadan ixtiyoriy ish talab qilinadi, g’ayriixtiyoriy ish talab qilinmaydi. Siz “ibodat qilyapman, lekin lazzatu halovat paydo boʻlmayapti”, demang. Zero, bu sizning qoʻlingizdagi narsa emas. Shuning uchun bunga aslo parishon boʻlmang. Ixtiyordan tashqari narsaning g’amini yeyish oʻzini musibatga giriftor qilish demakdir.
Xullas, siz oʻz ixtiyoringizdagi ishlarni bajarishni biling, ixtiyordan tashqari holatlar bilan ishingiz boʻlmasin».
“Majolisi hakim ul umma” kitobi asosida tayyorlandi
Ta'lim muassasasi o'qituvchisi: Amonova Sitora
Izoh qoldirish