Islomda ayolning o'rni.
• Birinchi boʻlib, firʼavnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz roʻpara turgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Sayyida Osiyo.
• Birinchi boʻlib, Kaʼbatullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi boʻlgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Hojar onamiz.
• Birinchi boʻlib, yer yuzidagi eng pok suv - Zamzam suvini ichishga erishgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Hojar onamiz.
• Birinchi boʻlib, Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Hadicha onamiz.
• Birinchi boʻlib, Islom uchun jonini fido qilgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Sumayya roziyallohu anho.
• Birinchi boʻlib, Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Hadicha onamiz.
• Birinchi boʻlib, Safo va Marva orasida yugurgan shaxs - erkak emas, AYOL boʻlgan. U - Hojar onamiz.
- Bilmagan har kimsa bilib olsinki, Ayol - Islom uchun faxrdir.
- Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan erkaklarga Allohning salomlari boʻlsin.
- Oʻzlarining qadr-qimmatini bilib, ibo-hayosi, iffati va hijobi ila oʻzlarini nomahramlardan himoya qilgan, ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan, Alloh uchun turmush oʻrtogʻi va farzandlarining xizmatini qilgan ayollarga ham Allohning salomlari boʻlsin...
Tayyorladi: 3-kurs talabasi Sh. Axmadova
Mas'ul o'qituvchi: Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i I. Usta-Alimova
Izoh qoldirish