Selfi olishning noxush oqibatlari
“Selfi” inglizcha so’z bo’lib, o’zini o’zi suratga olish degan ma’noni bildiradi. Oksford lug’atida “selfi” so’zi: “Kishining smartfon yoki veb-kamera yordamida olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan surati”, deb ta’riflangan.
Mail.ru internet portal bergan ma’lumotga ko’ra, Ogayo universiteti o’tkazgan tadqiqot natijalarida, ijtimoiy tarmoqlarga ko’p selfi joylaydigan erkaklar telbalik (psixopatiya) va xudbinlikka moyil bo’lar ekan. Tadqiqotda 17 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan 800 nafar erkak qatnashib, anketa savollarga javob bergan. Shu tariqa ularning xatti-harakatlari baholandi.
Selfining ijobiy jihatlari ko’p. Masalan: unda ikki yoki undan ortiq shaxs birovning ko’magisiz o’zlarini rasmga olishi yoki oilaviy xursandchiliklarini fotolavhalarda muhrlab qo’yishlari mumkin. Ammo hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi holatlarni kuzatib aytish mumkinki, ayrim shaxslar o’zini selfi qilishga shu darajada berilib ketganki, boshqalar uchun erish, uyatli holatlar ular uchun oddiy holga aylanib qolgandek go’yo. O’zini ko’z-ko’z qilish uchun turli harakatlar bilan, yotoqda yotgan holdagi yoki hojatxona va shu kabi holatlarni uyalmay-netmay internet sahifalariga joylashtirayotganlari xatarli holat. Bu kabi holatlar bizning milliy urf-odatlarimiz, azaliy diniy qadriyatlarimizga mutlaqo ziddir. Shuningdek bunday selfilar yoshlarimizning axloqini buzilishiga ham sabab bo’lmoqda. Ayrimlar selfiga o’ta berilib ketish natijasida o’z umrlariga zomin bo’lishmoqda.
23 yoshli qiz yarim tunda bir ko’prik panjarasi ustida selfiga tushmoqchi bo’lgan. Bir necha daqiqadan so’ng muvozanatni yo’qotib, pastga qulagan. Natijada 4.5 metr balandlikdan qulagan qiz ko’prikning beton ustuniga urilgan. Og’ir ahvoldagi qiz shifoxonada hayotdan ko’z yumgan.
44 yoshli kanadalik shaxs qaynab turgan lava bilan to’la vulqon og’ziga tushib, u yerda oxirgi selfini olgan.
Bu kabi holatlar ochiqdan ochiq o’z hayotini xatarga qo’yishdir. Islomda insonlar o’zlarini o’z qo’llari bilan halokatga tashlamasliklari qayta-qayta uqtirilgan. Bu haqda Quroni Karimda shunday marhamat qilinadi: “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz”- (Baqara surasi 195-oyat)
“Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi
ARM xodimasi Maftuna Baxshilloyeva
Izoh qoldirish