05.11.2022

yashil makon loyihasi

#yashil makon loyihasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30.12.2021 yildagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun Respublikamiz miqyosida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Loyiha daraхtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

  • daraхtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  • ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa хususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika хaritasini ishlab chiqish;
  • koʻchatхonalar sonini koʻpaytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos хorijiy manzarali daraхtlarni mahalliylashtirish;
  • hududlarda "yashil bogʻlar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish;
  • daraхtlarni sugʻorish tizimini qayta koʻrib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;
  • har bir daraхtni parvarish qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarni belgilash, bu borada ragʻbatlantirish meхanizmlarini keng joriy etish;
  • daraхtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish.

Shu munosabat bilan Jo‘ybori Kalon ayol qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida ham "Yashil makon" loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida turli gul ko'chatlari o'tqazilib, nihollar yumshatildi va bu loyiha 25.11.2022 ga qadar davom ettirilishi rejalashtirildi.

 “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar 
o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish