07.09.2026

"Билимлар куни"

 

 

2026-2027yil o’quv yilida “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Mustaqillikning 35 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi va Qur’on tilovati bilan boshlandi.
Tadbirni ta’lim muassasasi direktori, falsafa fanlari doktori, professor O.T.Sharipova kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni va uni asrab-avaylashning muhim ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda Buxoro viloyati Din ishlari bo‘yicha qo’mita boshqarmasi bosh mutaxassisi Shahlo Ma’murova so‘zga chiqib, talabalarga yangi o‘quv yilida zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida talaba-qizlar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar ijro etildi.
Tadbir yakunida tarix fani o‘qituvchisi Shahlo Ma’murova tomonidan talabalarga “Mustaqillik darsi” o’tildi. Dars davomida mustaqillik yo‘lida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Izoh qoldirish