04.02.2022

Bemazhablikdan saqlaning !

                                                   ( Vahhobiy  Soxta salafiylarga raddiya )

              Muoviya ibn Abu Sufyon Rosululloh s.a.v.dan rivoyat qiladilar: ”Alloh azza va jalla qaysi bir bandasiga yaxshilikni ravo ko`rsa uni dinda faqih qilib qo`yadi” ya`ni dinni nozik eng daqiq joylarigacha tushunadigan qilib qo`yadi. 

            Mazhab arab tilida “ketdi”, “yo`nalish”, “yo`l” degan ma`noni bildiradi. Nabiy s.a.v.ning davrlarida hozirgi to`rtta mazhab bo`lmagan. Lekin sahobalarning o`zlarini mazhablari bo`lgan.  Istilohda esa, mazhab so`zi “biror bir diniy masalani muayyan mujatahid olim  tomonidan favto yuzasidan hal qilib berilganiga mazhab “ deyiladi. 

            Rasululloh s.a.v.ning davrlarida shariatga doir masala chiqib qolsa, Nabiy s.a.v. uni hal qilib berganlar. Sahobolar esa,  u zotdan sodir bo`lgan ishni gapni qattiq ehtimom bilan qabul qilishgan. Hayotiga tatbiq qilishgan.

            Ba`zida Rasululloh s.a.v. sahobalarga buyurgan ishlarini ular har xil tushunishgan. Unga misol Rasululloh s.a.v. bani Quroyzaga qo`shin yuborayotgan paytda  aytdilar:” Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo`lsa, asrni faqat bani Quroyzada o`qisin”- dedilar. Buni eshitib sahobalar shoshilib qolishdi. Bani Quroyzaning yeriga yetmasdan asr kirgan paytida sahobalar Rasululloh s.a.v. ning haligi buyruqlari ustida tortishib qolishdi. Bir toifa  Rasululloh s.a.v bani Quroyzada o`qinglar dedilar so`zma-so`z bajarishimiz kerak deyishdi. Vaqt o`tib ketsa ham bani Quroyzada o`qiymiz deb tushunishdi. Ba`zi sahobalar esa, yo`q Rasululloh s.a.v.  bizni tezroq chiqib   ketinglar degan maqsadda aytdi deyishdi. Shunda sahobalar ikkiga bo`linib ba`zilari yo`lda ba`zilari bani Quroyzada asrni o`qishdi. Rasululloh s.a.v. ga buni xabarini berishganda Rasululloh s.a.v. ikkovlariz ham to`g`ri tushunibsizlar dedilar.  Mana Rasululloh s.a.v. ning bitta so`zlarining ustida sahobalar ijtihod qilishdi. 

       Rasululloh s.a.v. Muoz ibn Jabalni Yamanga yuborayotib so`radilar: Agar sizga biror bir yangi masala chiqsa qanday javob berasiz?U kishi aytdi: Allohning kitobidan hukm olaman. Shunda Allohning rasuli: agar Allohning kitobidan topolmasangiz-chi dedilar. U zot : Rasululloh s.a.v. ning sunnati bilan dedilar.Agar kitobdan ham sunnatdan ham topmasangiz-chi- dedilar Rasululloh s.a.v. Shunda Muoz unda ijtihod qilaman dedilar. Shunda Rasululloh s.a.v. xursand bo`lib Rasululloh s.a.v.ning elchisini Rasululloh s.a.v. rozi bo`ladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamd-u sanolar bo`lsin dedilar.

Rasululloh s.a.v. dan keyin biror bir yangi masala chiqsa yangi islomga kirganlar sahobalardan so`rashardi. 

          Bugungi kunga kelib ba`zi bir toifalar mazhabni Abu Hanifaning o’zi yoki Shofeiyning o’zi chiqarib olishgan deyapti. Aslida ularning bu davolari xato hisoblanadi. Imom Ahmad ash-Sha`roviy (973 vafot etgan) “Al miyza ash-Sha`roviyya” kitobida mazhablar haqida shunday deydi: “Aslida sahoba va tobeinlar davrida mazhablar soni 18 ta bo`lgan. Ularning barchasi bir muddat amalda bo`lgan lekin vaqt o`tishi bilan, 4 ya yirik mazhab saqlanib qoldi. Bularning saqlanib qolish sababi bu mazhablar qolgan 14 ta mazhabning barchasini qamrab olgani uchundir. Va asrlar davomida insonlarni turli  ziddiyatlar va ixtiloflardan saqlab kelish asosida bo`lgan”. 

                Mazhab kerakmi zarurmi deyilsa ulamolar zarur shart deydi. 2-3 asrlarda arab bo`lmaganlar islomga kelishdi. Ularga dinni o`rgatish kerak edi. Ular til bilmaydi ilm yo`q edi. Bilgan odamlar so`rashi kerak edi. Mana shunday qilib insonlarga dinni o`rgatadigan insonlar chiqa boshladi. Ular faqihlar edi. Keyinchalik mana shu javoblar asosida butun-butun kitoblar ta`lif qilindi. Bu 4ta mazhab  firqa yaratish  uchun emas balki  musulmonlarni qur`on va sahih hadisga qaytarish uchun kelishgan.  

          Hanafiy mazhabi deyilganda Abu Hanifaning usul va qoidalari orqali islom shariatiga amal qilish tushuniladi. Ya`ni Abu Hanifaning shaxsiy fikriga yurilmadi. Xuddi shuningdek, Shofeiy mazhabi deyilsa  Shofeiy q`oyilgan usul va qoidalar tushuniladi. Islom shariatiga mazhab zarur sababi, islomni tushunishda muayyan usul va qoidalar ya`ni metodologiya qo`yilmasa, shariatni hamma o`zicha talqin qiladi. Masalan jihodni hamma o`zicha tushunib ketsa, qotillikka aylanib ketadi. Yoki jinoyat qilib qochayotgan odam qochganini hijrat deyapti. Islomni muqaddas tushunchalaridan o`zining manfaati yo`lida foydalanyapti. Masalan bir oyatning ma`nosini yigirma xil tushunish mumkin. 20 ta odam yigirma xil ma`noni ushlab olsa, nima bo`ladi? Islom qolmaydi. 20 ta ma`nodan mazhab usuliga ko`ra bitta yoki ikkita ma`no olinadi. Osha ma`no bizni birlashtiradi. Sahobalar davrida ham oyat va hadislarni hamma bir xil tushunmagan. Sahobalar o`zicha tushunib amal qilayotganda  Rasululloh s.a.v. hoy to`xtanglar buning asli ma`nosi  mana bunday deb tushuntirganlar. Alloh taolo aytadiki: “ Iymonini zulmga aralashtirmaganlar ana o`shalar najot topadi” – deb marhamat qiladi. Bu oyatni sahobalar o`qib xavotirga tushadi. Rasululloh s.a.v. dan bizdan zulm qilmagan kim bor ya`ni hamma ozgina bo`lsa ham zulm qilgan-ku deyishganda Rasululloh s.a.v. bu yerdagi zulmdan murod shirkdir deydila. Chunki,  Qur`onda bunga dalil bo`ladigan  boshqa  bir oyat bor “ Eng katta zulm bu shirkdir”degan. Rasululloh s.a.v. tirikligida odamlar borib so`rab olishardi. Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sahobalar shogirtlariga ta`lim bergan. 

          Hozirgi kunda ba`zi bir qo`shtirnoq ichidagi o`zini shayx deb nomlagan kimsalar mazhab kerak emas. Bizga kitob va sunnatning o`zi yetarli deydi. Bunda hazrat Ramazon Butiyning gaplaridan iqtibos keltirsak masalan u zot aytadilar: “Mazhab kerak emas deydigan kimsalar nega unda  kasal bo`lganda o`zlari tabobatga oid kitoblarni o`qib o`zlarini davolamaydi. Yoki uy qurmoqchi bo`lgan odam nega uyni arxitektorga chizdiradi axir o`zi ham chizishni biladi-ku. Demak, mazhab ham hayotimizga shunchalik muhim hisoblanadi”

           Shunday ekan, bemazhab bo’lmaylik. Bu yo’lda adashayotgan diniy qardoshlarimizga Alloh taolodan tavfiq so’rab qolamiz.

 

Жўйбори Калон ЎМИТМ ўқитувчиси Ўринова Муборак

Izoh qoldirish