03.01.2022

Islom naqadar go'zal din.

         Islom naqadar go'zal din. U mo'minlarni yaxshilikka, bir-birlariga mehr-oqibatli bo'lishga, sadaqaga, ehsonga, musulmon birodarini yaxshilikka hamroh qilishiga chorlaydi. Gina-araz esa dindosh birodarlar o‘rtasida aloqaning uzilishiga sabab bo‘ladi, natijada mehrsizlik, adovat va nafrat zohir bo‘ladi, shaytonga mo‘minlar orasiga nizo solish uchun qulay fursat tug‘iladi. Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kechadan ortiq gaplashmay tashlab qo‘yishi, uchrashsalar unisi u yoqqa yuz o‘girib, bunisi bu yoqqa yuz o‘girishi halol bo‘lmaydi. Ularning eng yaxshisi salomni avval berganidir» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Manoviyning aytishicha, «gaplashmay tashlab qo‘yish» boshqa bir insonni yo til orqali yoki badan yoxud qalbi bilan ajratib qo‘yishidir («Attavkif ala muhimmatit-ta’ariyf»: 242). 

        Imom Navaviy aytadi: «Mazkur hadisdan musulmonlar bir-birlarini gaplashmay uch kechadan ortiq tashlab qo‘yishining harom ekani ma’lum bo‘lyapti, uch kun ichida gaplashmay qo‘yishlari mumkin ekanligi tushunilyapti, ya’ni, bu muddatda uni kechirilyapti, chunki odamzotda g‘azablanish, badxulqlik tabiati bor.Shuning uchun o‘sha oriziy g‘azab va badxulqlik so‘nishiga imkoniyat berilyapti». 

Shayx Usaymin aytadi: «Musulmon kishi o‘z birodarini uch kundan ortiq gaplashmay tashlab qo‘yishi joiz emas, lekin uch kundan kam bo‘lishi mumkin, aslida bu ham musulmon uchun munosib ish emas. Chunki ko‘pincha kishi bilan birodari orasida ko‘ngilhollik va izzattalablik xususida nimadir bo‘lib koladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqat uch kunga ruxsat berdilar, shundan so‘ng salomlashib ketishligi kerak. Agar gaplashmay qo‘yishda diniy manfaat bo‘lsa, ya’ni bu gaplashmay qo‘yilayotgan kishini dinda sabotli bo‘lishiga yoki gunoxlarni tark qilishiga sabab bo‘lsa zarari yo‘q, balki bu vojibdir. Shu o'rinda kechirimli bo'lishlik naqadar go'zal martaba ekanligi ushbu hadisda keladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ نَادَى مُنَادٍ يَقُولُ: أَيْنَ الْعَافُونَ عَنِ النَّاسِ؟ هَلِمُّوا إِلَى رَبِّكُمْ، وَخُذُوا أُجُورَكُمْ، وَحَقٌّ عَلَى كُلِّ امْرِئٍ مُسْلِمٍ إِذَا عَفَا أَنْ يَدْخُلَ الْجَنَّةَ"  (رواه الإمامُ ابنُ مُرْدَوَيْهْ عَن ابنِ عَباسٍ رضي اللهُ عنهما). ya'ni: “Qiyomat kuni bo‘lganda bir jarchi nido qiladi: "Odamlarga kechirimli bo‘lganlar qayerda? Parvardigoringizni huzuriga kelinglar va savobingizni olinglar! Qaysi bir musulmon kechirimli bo‘lsa, jannatga kirishlikka haqlidir” (Imom Ibn Murdavayh rivoyatlari). Ey musulmon dindoshim, tafakkur qiling. Alloh taoloning o'zi kechirimli zot siz kim bo'libsiz uning xuzurida. Qalbingizda kimdandir hafa bo'lib, g'ashlik qolgan bo'lsa. Uni chiqarib tashlang. Chunki bu ishning gunohidan endi xabaringiz bor. Zero, bilib turib gunoh ishni qilishlikda ikki karra azob bordir.

 

 

Жўйбори Калон” аёл-қизлар ўрта махсус ислом таълим  муассасаси 2 курс талабаси Ахмадова Шодия.

 

 

 


 

Izoh qoldirish