O’zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik
“Biz muqaddas dinimiz azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behat qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo’ravonlik va qon to’kish bilan bir qatorda qo’yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikga, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi.”
Sh. Mirziyoyev
Bu borada 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligini va suverenitetini mustahkamlash. O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahli qushnichilik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Harakatlar strategiyasining yuqoridagi bosqichi bo‘yicha respublikamizda ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Bir qancha qushni davvlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida xorijdagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni qolaversa, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalminal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‘ibotiga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun millatlararo totuvlik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. O‘tgan qisqa davr ichida mazkur yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi va millatlararo totuvlikni rivojlantirishga keng zamin yaratildi. Fuqarolik jamiyati o‘z navbatida, turli etnik nizolar, ziddiyatli vaziyatlar, to‘qnashuvlar yuki ostida qolgan hozirgi davrda, bir tomondan, insoniyat o‘zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida olingan har bir jamiyat ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo‘lgandagina mavjud muammolarni hal qilish, yangilari paydo bo‘lishining oldini olish va taraqqiyotni ta’minlash mumkinligini tobora chuqur anglab bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega. “Millatlararo totuvlik” (“tolerant”) atamasining lug‘aviy ma’nosi lotincha “chidamoq” so‘zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag‘rikenglik vijdon erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e’tiqodida aqidaviy farqlar bo‘lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Madaniy bag‘rikenglik o‘zga tilda yaratilgan san’at va madaniyat boyliklaridan o‘z madaniyatini ustun ko‘rmaslik, ulardagi ma’no va go‘zallikni tan olish, o‘zga madaniyatlardan nimanidir o‘rganishni bildiradi. Madaniy bag‘rikenglik turli millatga mansub ziyolilarni bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. O‘zidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga yordam beradi. Etnomadaniy hamkorlik yagona mamlakatda yashovchi turli millatga mansub xalqlarning muayyan mafkura asosida qo‘lni qo‘lga berib ishlashi, bir maqsad yo‘lida faoliyat olib borishini bildiradi. “Millatlararo totuvlik” (“tolerantlik”) deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag‘rikenlik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyish mumkin. Bugungi kunda chuqur ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy mazmun kasb etgan ushbu tushuncha ko‘pchilik tomonidan tan olingan, ilmiy ta’rifi ishlab chiqilgan. Muhokama va natijalar “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag‘rikenglik tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Bag‘rikenglik-bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik — turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag‘rikenlik — tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir”. “Bag‘rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, filosofiya, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi.
“Jo’ybori Kalon” ayol qizlar o’rta-
maxsus islom ta’lim muassasasi
1 kurs talabasi Habibullayeva Mohidil
Izoh qoldirish