Mamlakatimizda diniy – ma’rifiy sohaga berilayotgan katta e’tibor dunyo nikohida.
Bugun 34,5 millionlik O‘zbekiston aholisini 130 dan oshiq turli millat, 16 ta diniy konfessiya vakillari tashkil qiladi. Ularning milliy o‘zligini saqlash va rivojlantirish, e’tiqod erkinligini ta’minlashga oid huquqlari Konstitutsiya va qonunlar asosida qat’iy kafolatlangan. O‘tgan qisqa vaqt davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniyma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Birinchidan, 2016-yilning 18-oktabrida Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43sessiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi qisqa vaqt ichida Misr, Turkiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyadagi xalqaro islom markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, birgalikda yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Uch yillik faoliyati davomida Markaz tomonidan buyuk allomalarimizning 30 ga yaqin asari tarjima qilindi. Xorijning yetakchi ekspertlari, islomshunos olimlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazining o‘rta asrlarga oid ilmiy merosni o‘rganishdagi faoliyatini jahonning nufuzli markazlari darajasida ekanini e’tirof etdilar. Yaqinda Markaz olimlari tomonidan Imom Moturidiyning dunyoga mashhur “Ta’vilot alQur’on” kitobi ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Hech mubolag‘asiz, ushbu noyob asar Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1 100 yildan so‘ng xalqimizga o‘z ona tilida qaytarib berildi. O‘zbekiston Prezidenti ana shunday savobli amalga ko‘z nuri, aqlzakovati, butun umrini sarf etayotgan olim va tadqiqotchilarimiz, diniy soha xodimlarini har tomonlama qo‘llabquvvatlash, ularga munosib mehnat sharoiti yaratib berishga katta e’tibor qaratmoqdalar.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72sessiyasida ishtirok etib, xalqaro maydonda islom diniga nisbatan kuzatilayotgan bir yoqlama salbiy munosabatga nisbatan o‘zining qat’iy pozitsiyasini muxtasar ifoda qilib, jumladan shunday dedi: “Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi”. Birlashgan Millatlar Tashkilotida O‘zbekiston rahbari jahon hamjamiyatiga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish loyihasi haqida so‘zladilar. Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z g‘oyasi va ahamiyatiga ko‘ra betakror loyiha bo‘lib, islom dinining ilmiyma’naviy boyligi, bunyodkorlik salohiyatini namoyish etishga qaratilgan. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Prezidenti Islom sivilizatsiyasi markazi binosining qurilish maydoniga bir necha bor tashrif buyurib, uning ahamiyati, xalqimiz, xususan, yoshlarimizni insoniyatning ezgu g‘oyalari ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida muhim taklif va tashabbuslarni bildirdilar. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 100 dan oshiq davlatlar tomonidan qo‘llabquvvatlandi. Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha sa’yharakatlarni qo‘llabquvvatlaydi.
Uchinchidan, bugungi murakkab va tahlikali davrda zamonaviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega, diniy fanlarni puxta o‘zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu maqsadda 2018-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etildi. Buyuk alloma ajdodlarimizning islom ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini tadqiq etish, yoshlarni yuksak odob, ma’rifat va bunyodkorlik g‘oyalari asosida tarbiyalash ushbu ta’lim maskanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiydek buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish maqsadida Samarqandda Hadis ilmi maktabi tashkil etildi. Eng zamonaviy jihozlar, pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlangan ushbu ta’lim muassasasiga dunyoning mashhur AlAzhar universitetidan professoro‘qituvchilar jalb etildi. Arabmusulmon mamlakatlaridan 1 000 nomda 8 tonna hajmdagi eng so‘nggi o‘quv adabiyotlari, ilmiy manbalar olib kelindi.
Buxoro viloyatidagi mashhur diniy ta’lim muassasasining musulmon dunyosidagi o‘rni va nufuzi, diniy xodimlar tayyorlashdagi ahamiyatini e’tiborga olib, Mir Arab oliy madrasasi tashkil etilganiga ham mana 4 yil bo’ldi. Unda tahsil olgan talabalar kuni kecha o’z dargohlarini tamomlab, xalqni xizmati uchun bel bog’ladilar. Mir Arab madrasasi o‘z faoliyati davomida nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham diniy va dunyoviy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan kadrlarni yetishtirib chiqargan. Bugun Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardagi nufuzli ulamolar aynan Mir Arab madrasasining bitiruvchilari hisoblanadi.
Termiz zaminida buyuk muhaddis Imom Termiziy nomi bilan ataladigan xalqaro ilmiytadqiqot markazi, diniy ta’lim muassasasi faoliyat boshladi. Imom Termiziy xalqaro ilmiytadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va boshqa termiziy allomalarning 14 ta asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiytadqiqot markazi ham tashkil qilindi.
Ushbu markazlar xalqimizga islom dinining asl ta’limotlarini yetkazishga xizmat qilmoqda. Yoshlarimizning yot oqimlar ta’siriga tushishining oldini olish, ularni ilmfanga rag‘batlantirish, yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalashda “Jaholatga qarshi ma’rifat” ezgu g‘oyasi asosida faoliyat yurituvchi ushbu muassasalar o‘ta muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda diniy soha xodimlari, jumladan, imomxatiblarning jamiyatda ahillik va barqarorlikni mustahkamlashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ziyoratgohlar, masjidlar, diniy ta’lim muassasalarini qo‘llabquvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganiga ham ancha yillar bo’ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan dinu diyonatimiz, ulug‘ allomalarimizga hurmat ramzi sifatida Toshkent shahrida “Imom Termiziy”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Suzuk ota” masjidmajmualari, Namanganda Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi, Buxoroda Bahouddin Naqshband va yetti pir ziyoratgohlari, Sherobodda Imom Termiziy ziyoratgohi, Urganchda “Oxun bobo” masjidi, Xivada Pahlavon Mahmud ziyoratgohi, Nukusda “Imom eshon Muhammad” masjidi va yana ko‘plab tabarruk manzillarda keng ko‘lamli qurilishta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Qisqa muddatda bu maskanlar g‘oyat go‘zal va ulug‘vor qiyofa kasb etdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda imom-xatiblarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda, Xalqaro islom akademiyasining Malaka oshirish markazi va uning 4 ta hududiy filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unda har yili yuzlab imomxatiblar bugungi voqelik talablaridan kelib chiqib, bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Beshinchidan, Movarounnahr — hozirgi O‘zbekiston ilmfan va madaniyatining tarixiy markazi hisoblanadi. Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi allomalar, buyuk mutafakkirlar o‘z davrida Movarounnahrda Birinchi va Ikkinchi Renessans davrini boshlab bergan bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonda ushbu buyuk siymolar nomi bilan tashkil etilgan markazlar, ta’lim va ilmiytadqiqot muassasalari Uchinchi Renessansga ilmiy poydevor bo‘lishi niyat qilindi.
Ushbu sohadagi islohotlarning yana bir muhim maqsadi — O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan buyuk hissasini targ‘ib qilish orqali yoshlarni ma’rifatga rag‘batlantirish, innovatsion rivojlanishning boy milliy merosga asoslangan yangi taraqqiyotiga yo‘l ochish hisoblanadi.
Oltinchidan, turli yot oqimlar ta’siriga berilib, qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan 20 mingdan ziyod fuqarolar reabilitatsiya qilindi, ularni ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berilmoqda. Qilgan xatosini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga kirgan shaxslarning oilasi bag‘riga, tinch hayotga qaytishiga imkoniyat yaratildi. O‘zbekiston rahbariyatining kechirimlilik va yuksak insonparvarlik siyosatining amaldagi in’ikosini Suriya va Iroqdan yurtimizga qaytarilgan fuqarolarimiz misolida ham anglab yetish mumkin. “Mehr”, “Mehr2”, “Mehr3” operatsiyalari natijasida 317 nafar ayollar hamda bolalar urush o‘choqlaridan tinchlik va farovonlik o‘lkasi bo‘lmish O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda musulmon dunyosining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, oldimizda turgan muammolarga yechim topish va islom ummatining birdamligini mustahkamlashda musulmon mamlakatlarining imkoniyat va salohiyatini safarbar etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistondagi islom ilmiytadqiqot markazlari tomonidan dunyoning yetakchi islomshunoslik markazlari bilan hamkorlikda buyuk allomalarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lam va yuksak ahamiyat kasb etgan diniyma’rifiy yo‘nalishdagi islohotlar O‘zbekistonning musulmon dunyosida islom sivilizatsiyasi markazi sifatida e’tirof etilishining muhim omili bo‘lmoqda.
И.Уста-Алимова
Izoh qoldirish