18.09.2026

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni tanish va itoat qilishning jamiyatdagi ta’siri.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni tanish va itoat qilishning jamiyatdagi ta’siri.

Rosululloh sollalohu alayhi vasallamni tanimas ekanmiz, jamiyatdagi hozirgi ko’pgina muammolar qarshisida qolaveramiz. Jamiyatdagi muammolarni har qancha yechishga harakat qilinsa ham, bular urchishda davom etyapti. Hatto jamiyatdagi inqirozning eng so’ngi ko’rinishi, otasiz tug’ilayotgan farzandlar, giyohvandlikga ruju qo’ygan bolalarni ham bod-bod kuzatishingiz mumkin.

Shu kecha kunduzda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatilgan, maktab yoshidagi bolalar orasida yuzagan kelgan hodisa meni qo’rqitdi. Maktabdagi katta sinf o’quvchilari boshlang’ich sinf o’quvchisni majburlagan holda magnit buyumini yuttirgan, bu ham yetmagandek,”Agar kimgadir shikoyat qilsang, o’ldirib ketamiz”, deb qo’rqitgan ekan. Shu holda sog’ligi yomonlasha boshlagan, bir necha kundan so’ng jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. Bu jarrolik amaliyotida bolaning ichagidan 5 sm qismi olib tashlandi. Hozirda esa jonlantirish bo’limida ekanligi ta’kidlanyapti. Bu hodisani eshitganimdan so’ng, juda ko’p o’yladim. Biz ota-onalarning bo’ynida qanday vazifalar bor? Qanday qilib muammolarni hal qilsak bo‘ladi?

Biz ota-onalarda Allohning hamda Davlatimizning oldida burchlar mavjud. Ularning asosiysi, buyuk olimlarimizning kitoblarini mutolaa qilib, farzandlarimizga Rosulimiz va buyuk ajdodlarimiz haqida yoshlik chog’idan  so’zlab berib ularda ma’naviy imunitet hosil qilishimiz, ularning qanchalik buyuk zot ekanini anglata olishimiz zarur. Bu o’rinda ismlar, tug’ulib o’sgan yurtlar va yillarning o’zigina yetarli bo’lmaydi. Balki, ularni haqiqatda tanish va ularning    go‘zal axloqlarini kasb qilish lozimdir.

Shunda farzandlarimiz kimga ergashish kerak ekanligini sekin-asta anglab boradi.

Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam butun insoniyat o’rnak oladigan va ergashadigan buyuk shaxsdir. Zero, Alloh Taolo o’zining muqaddas kitobida shunday marhamat qiladi:

 

{إنك لعلى خلق عظيم}

سورة القلم,4

”Sen buyuk axloq sohibidirsan”.

Albatta, yaxshi axloq sohibi bo’lishning o’zi qancha kuch va intizom talab qiladi. Bunday shaxs esa doimo jamiyatga foyda  berish ilinjida yuradi. Endi buyuk axloq sohibi bo’lishchi? Bu maqtov va e’tirof butun olamlarning Robbisidan bo‘lsachi? Alloh Taolo o’ta ilmli va bandalariga Rahim shafqatli Zotdir.  O’zining ilmi ila qiyomatgacha keluvchi ummatlariga muallim bo’la oladigan zotni buyuk va komil xulqlar ila ziynatladi.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُا، قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ:  إِنَّ الْمُؤْمِنَ لَيُدْرِكُ بِحُسْنِ خُلُقِهِ دَرَجَةَ الصَّائِمِ الْقَائِمِ

. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: U aytdi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Albatta, mo‘min chiroyli xulqi bilan ro‘zador, tunlarda qoim bo‘luvchi darajasiga yetadi”, deyayotganlarini eshitdim”. Abu Dovud rivoyat qilgan.

Har ishda Rosuliga ergashishga harakat qiluvchi musulmonlar uchun bu eng go’zal targ‘ib va qiziqtirishdir. Chunki, bu hadisi sharifda chiroyli xulq, kuni bilan ro’zador bo’lgan va tuni bilan tik oyoqda ibodat qilgan kishi bilan tenglashtirilyapti.

Albatta, ergashish faqat ibodatladan iborat emas, balki, barcha axloqiy kodekslarga amal qilishdir. Ulardan atrof-muhitni muhofaza qilishdir. Bu borasidagi rivoyat qilingan hadisi sharif:

«الإِيمَانُ بِضْعٌ وَسَبْعُونَ - أَوْ بِضْعٌ وَسِتُّونَ - شُعْبَةً، فَأَفْضَلُهَا قَوْلُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَأَدْنَاهَا إِمَاطَةُ الأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ، وَالْحَيَاءُ شُعْبَةٌ مِنَ الإِيمَانِ»
​ 
​«Iymon yetmishdan ortiq — yoki oltmishdan ortiq — shoʻba (boʻlak/tarmoq)dan iboratdir. Ularning eng afzali “Laa ilaaha illalloh” kalimasidir, eng quyi darajasi esa yoʻldan ozor beradigan narsani olib tashlashdir. Hayo ham iymondan bir shoʻbadir.»
​ ​Imom Buxoriy «Sahihi Buxoriy».

Iymon nima ekanligini anglagan musulmon bor kuchi bilan uni mustahkamlashga va Robbisi huzurida yuqori martabaga erishishga harakat qiladi. 

Tasavvur qiling! Yo’ldan insonlarga ozor beradigan narsalarni olib tashlashga hariz bo’lgan inson qanday qilib boshqalarga jisman yoki ma’nan  ozor berishi mumkin. Mening fikrimcha, bu eng yuqori darajadagi tarbiyadir. 

 

Jumayeva Ferangiz Baxritdinovna 

“Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar o’rta maxsus

 bilim yurti o’qituvchisi

Izoh qoldirish