Yoshlar kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kuni – Oʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, har yili 30-iyun – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor „Yoshlar kuni“ni nishonlash toʻgʻrisida eʼlon qilgan, shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yangi maqsad va vazifalar bilan tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan va 2017-yil 24-avgustda Senat tomonidan tasdiqlangan „Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida“gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 25-avgustda imzolangan.
Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Davlatning turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yoshlarni ragʻbatlantirib borish maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali hamda har jabhada faol va jonkuyar yosh yigitlar uchun davlat rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti taʼsis etildi.
Mazkur sana doirasida mamlakatimizda har yili turli xil tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, iqtidorli yoshlarni e’tirof etish va konsert dasturlari tashkil etiladi. Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki u yoshlarga o‘z kelajagini qurishda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradigan ilhom manbai hamdir. Ushbu kun yoshlarga o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, o‘z orzularini amalga oshirish va yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish uchun ulkan motivatsiya beradi.
Joriy yilning 29 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni bilan Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhi mukofotlandi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish