05.07.2026

ijoza olgan ijoza sohibalari

#tashrif
#jarayon 
#ijoza_Muallimi_soniy_Tuhfatul_ atfol



Joriy yilning 30 iyun kuni "Joʼybori kalon " ayol-qizlar o‘rta maxsus islom talim muassasasi talaba qizlari “Qur’on qiroati va tajvid ilmi”da o‘ziga xos o‘ringa ega Imom Jamzuriy rohimahullohninig “Tuhfatul atfol” kitobining matnini to‘liq yod olib, Toshkent islom instituti Qurʼon ilmlari kafedrasi oʻqituvchisi, fazilatli shayx Alijon qorining turmush o’rtoqlari Marg’uba Tursunovaga yoddan o‘qib berdilar. 
Talaba qizlarning ushbu asarlar boʼyicha ijoza olishlari munosabati bilan taʼlim muassasasi majlislar zalida tadbir tashkil qilindi.


Ta'lim muassasasi tibbiyot xodimasi G. Tillayeva Ahmad Hodiy Maqsudiyning "Muallimi soniy" kitobi bo'yicha hamda 13 nafar talaba qizlar Imom Jamzuriyning "Tuhfatul atfol" matni bo'yicha 3 ta sanad orqali musannifga yetib boruvchi ijozalarni qabul qilib oldilar. Tadbir so‘nggida ustoza Marg’uba Tursunova va ta’lim muassasasi direktori Oygul Sharipova, oʻqituvchi hamda xodimalar bilan xayrli duolar qilindi.
Ushbu quvonchli voqea munosabati bilan ijoza olgan ijoza sohibalarini muborakbod etamiz. Alloh taolo olgan ilmlarini xayrli, manfaatli, ilm va amal yo‘lida bardavom qilsin.

Taʼlim muassasasi oʻqituvchisi: Dilovar Sultonova
 

Izoh qoldirish