BuxDU hamda "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘rtasida memorandum tuzildi

2026 yil 14 - aprel kuni BuxDU hamda "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘rtasida - 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari o‘rtasida “Ta’lim – amaliyot – ilmiy-tadqiqot” yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik integratsiyasini aks ettirish maqsadida memorandum tuzildi. Mazkur, Memorandumni BuxDu o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G.Jumayev hamda "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori O.T.Sharipovalar tomonidan imzolandi.
Memorandumning maqsadi:
Ushbu Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va innovatsion faoliyat sohalarida uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi: Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar: Professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish; ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va treninglar tashkil etish;
ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qo’shma loyihalarni amalga oshirish; iqtidorli talabalar va tinglovchilar bilan ishlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish;
o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy materiallar tayyorlash va almashish; malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarida hamkorlik qilish. Tomonlarning majburiyatlari:
Tomonlar mazkur Memorandum doirasida o‘zaro axborot, fikr, tajriba almashadilar, ilmiy kengashlar tuzib ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda mustaqil tadqiqotchilarning ishlarini o’rganib taqrizlar beradilar.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish