“E’tiqodim – qalqonim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir
“E’tiqodim – qalqonim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir.

2026 yil 21 fevral kuni "Joʼybori Kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom talim muassasasida Aqoid fan oyligi doirasida o’qituvchi Asila Jamilova tomonidan “E’tiqodim – qalqonim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir e’tiqodni mustahkamlash yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi. Mazkur tadbir qalb pokligi va e’tiqod sofligiga e’tibor qaratildi.
Dastlab, Ta’lim muassasasi talabalariga Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohning “Fiqhul Akbar” asari matnini fan oyligi davomida yodlash vazifasi berilgan edi. Mazkur matnni yodlagan talabalar ma’muriyat tomonidan taqdirlandi. Ishtirokchilarning ushbu mukammal matnni yoddan aytib berganliklari – ularning sof aqidaga bo‘lgan munosabatlari yuksak darajada ekanligi e’tirof etildi. Ayniqsa 1-kurs talabalarining g’ayrat-shijoati namuna qilindi.
Bundan tashqari fan oyligi mobaynida, Juyborikalon.uz veb saytining rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan viktorina g‘oliblari ham taqdirlandilar. Bu tanlov zamonaviy axborot texnologiyalaridan diniy-ma’rifiy maqsadlarda unumli foydalanishning yorqin namunasidir. Masofaviy tarzda o‘tkazilgan bo‘lsa-da, minglab kuzatuvchilar orasidan eng bilimdonlarini aniqlash va ularni tadbir markazida rag‘batlantirish ilmga bo‘lgan qiziqishni ommaviylashtirishga xizmat qildi.
“E’tiqodim – qalqonim” tadbiri shunchaki taqdirlash marosimi emas, balki yoshlar qalbida to‘g‘ri aqidani shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalardan himoya qilish va ilm-ma’rifatga targ‘ib etish borasidagi ma’rifiy tadbir bo’ldi. Tadbir yakunidagi quvonch va shodiyona ishtirokchilarning kelgusida yanada katta marralarni zabt etishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.
🍀G‘oliblarni muborakbod etamiz! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin!🍀
✍️Fotima Xaitova
Ta’lim muassasasi 2-kurs talabasi.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish