“Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs
#maxsus_kurs
#murojaatnoma

Joriy yilning 7-fevral kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kursning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlar doirasida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzular yoritildi. Xususan, “Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish” hamda “Ichki bozorda talabni rag‘batlantirish” yo‘nalishlari bo‘yicha Buxoro davlat universiteti Marketing va menejment kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD) O.K. Xurramov jahon iqtisodiyoti tajribalariga tayangan holda mazmunli ma’ruza qildi.
“Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi yuzasidan Mir Arab oliy madrasasi prorektori U. Avliyoqulov tomonidan asosli faktlar va muhim tushunchalar taqdim etildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi huquqshunosi J. Muborakov “Zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimini rivojlantirish” masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar tomonidan bildirilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Ta'lim muassasasi o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i M.Xujayeva
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish