Din niqobidagi axborot xurujlari va kiber tahdidlar

Din niqobidagi axborot xurujlari va kiber tahdidlar
Din niqobidagi axborot xurujlari va kiber tahdidlar — bu diniy g‘oyalar yoki ramzlardan foydalanib jamiyat ongiga noqonuniy, buzg‘unchi yoki manipulyativ ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan axborot-kiber faoliyatdir. Bunday xurujlar ko‘pincha internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Asosiy ko‘rinishlari:
- Soxta diniy targ‘ibot - muayyan guruhlar o‘zlarini “haqiqiy din himoyachilari” sifatida ko‘rsatib, ekstremistik yoki radikal g‘oyalarni yoyadi.
- Dezinformatsiya va manipulyatsiya - diniy matnlar kontekstdan uzib talqin qilinadi, yolg‘on ma’lumotlar tarqatiladi.
- Onlayn yollash (rekruting)- yoshlar va ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlar nishonga olinadi; chatlar, yopiq kanallar orqali ta’sir kuchaytiriladi.
- Kiberjinoyatlar bilan qo‘shilib ketish - fishing (aldov), zararli havolalar, ma’lumot o‘g‘irlash, kriptovalyuta orqali moliyalashtirish.
Din niqobidagi axborot hujumlari va kiber tahdidlar bugungi kunda global xavf bo‘lib, ekstremistik guruhlar internetdan foydalanib, yoshlarni o‘z safiga chorlash, terrorga targ‘ibot qilish va jamiyatda ishonchsizlik uyg‘otish uchun foydalanadi. Bu tahdidlar kiberjinoyatchilik, kiberhujumlar va kiberterrorizm shaklida namoyon bo‘lib, ularga qarshi kurashish uchun xushyorlik, axborotni tekshirish va yoshlarni ma’naviy jihatdan himoya qilish muhim vazifadir.

Rivojlanayotgan aloqa texnologiyalari va mobil messenjerlarda ekstremistlarning radikallashuvi tobora ko’proq kuzatilmoqda. Diskurs so‘zi nutq, lingvistik faoliyat jarayoni, gapirish uslubini anglatadi. Online ekstremizmning diskurs turlariga quyidagi asosiy turlar ko‘rsatilgan. Propaganda, ya’ni targ‘ibot videolari. Bunday videolar islom niqobi ostidagi ekstremistlarning asosiy qismi va o‘ng-ekstremistik targ‘ibotchilar tomonidan tarqatiladi. Ular ayniqsa yoshlarga murojaat qiladi. Ekstremistik guruhlar propaganda targ‘ibotlarini (Instagram hikoyalari orqali), shuningdek videolarni Telegram va YouTube orqali tarqatadi. “Soxta yangiliklar” atamasi ataylab internetga siyosiy dezinformatsiya va soxta hisobotlarni maqsadli ravishda tarqatish. Soxta yangiliklar internetda juda tez tarqaladi. Ko‘p sonli odamlarga tez yetib boradi. Bu siyosiy fikr orqali maqsadli manipulyatsiya o‘tkazish uchun ishlatiladi. Soxta yangiliklar “ijtimoiy botlar” va “soxta ijtimoiy tarmoq profillaridan” tarqatiladi. “Hate Speech”lar kommunikativ hujumlarni anglatadi. Ba’zi ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan irqchi, islomofobik, antisemitizm, nafratlanadigan, insonni junbushga keltiradigan xabarlar tarqatilishini anglatadi.
Taʼlim muassasasi direktori o‘rinbosari: D. Boltayeva
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish