Qiyomat soati Alloh Taoloning huzuridadir
Qalblarimizni iymon nuri bilan oydin qilgan, bizga bilmagan narsamizni o’rgatgan, Islom ne’mati ila haq yo’lga hidoyat etgan, buyuk olimlarni yurtimizdan chiqargan olamlarning Robbisi Allohga saltanatining buyukligi qadar hamd bo’lsin. Olimlarni o’zining me’rosxo’ri deb atagan Payg’ambarlar sayyidi Rosulimiz sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oila ahillariga va barcha sahoblariga salovat va salomlar bo’lsin. U zot butun olamlarga rahmat, rasullarga peshvo, avliyo, imom va insonlar uchun Qiyomatda shafoatchi qilib yuborilgandir. Alloh taolo u zotni go’zal mukofotlar ila mukofotlasin.
Odamlar Olam so’nggi nafaslarini olayotganini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuborilishlari vaqtlar nihoyasining avvali ekanini aqllariga sig’dira olmayaptilar. Chunki inson o’limini uzoq deb o’ylaydi. Holbuki, har bir keluvchi narsa yaqindir. O’lim har birimizga yuzlanar ekan va bir asr oldin yashagan biror bir shaxs yer yuzida qolmagan ekan, demak, o’limni har bir jon totib ko’rguchidir. Orzu-havaslari juda uzun. Unga oxirgi qadamlarini tashlayotganini anglatish oson emas. Hech shak-shubha yo’qki, aksariyat olamdagi alomat-belgilar hamda Qur’on va sunnatdagi dalillar qiyomatning yaqin qolganini tasdiqlaydi. Bu ham Allohning rahmatidir. Ushbu oyat-alomatlardan ibrat olib, insonlar shoyad o’zlarini o’nglab olsalar. Gunohlardan tavba etib, Parvardigorlari toat-ibodatiga astoydil kirishsalar. Albatta, qiyomatga bo’lgan ishonch, iymonning oltita shartidan biridir. Qur’on karim va sahih hadisda bu mavzu alohida o’rin egallaydi.

Qiyomat haqida Qur’on karimda kelgan oyatlar.
إن الله عنده علم الساعة عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْأَرْحَامِ ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۭ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًۭا ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۭ بِأَىِّ أَرْضٍۢ تَمُوتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌۭ[1]
Qiyomatning ilmi yolg’iz Allohning huzuridadir. Yomg’irni U yog’diradi, bachadondagi narsani U biladi. Hech bir jon ertaga nima ish qilishini bilmaydi. Hech bir jon qayerda o’lishini ham bilmaydi. Alloh biluvchidir, xabardordir.[2]
Mazkur oyatda aytiladigan beshta narsani Allohdan o’zga hech kim bilmaydi. Allohdan o’zga hech kim bilmaydigan narsalar faqat beshta emas. Yana ko’plab narsalar borki, ularni ham Allohdan o’zga hech kim bilmaydi. Unday bo’lsa, nima uchun oyatda faqat beshta narsa haqida to’xtalindi?
Oyatda faqat beshta narsa aytilinganligining sababi ayni shu besh narsa borasidagi savolga javob bo’lganligi uchundir. Aslida faqat Alloh taolo biladigan narsalar ko’p bo’lib, faqat besh narsaga cheklanmagan.
Biroq ma’lum hisob-kitoblar, asboblar yordamida yomg’ir yoki qorlarni qachon yog’ishini bilish mumkin-ku?
Bu g’ayb ilmi sanalmaydi. Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan ilm vositalarisiz va yaqiniy ilmni ifoda etadigan ilmdir. Texnik vositalar va hisoblashlar orqali hosil qilinadigan ilm yaqinni ifoda etmaydi. Balki u zonniy ilmni ifoda etadi. Masalan, asbob-uskunalar yordamida yomg’ir yog’ishini bilish qat’iy va yaqiniy bo’lmaydi. Ya’ni bu ertaga aniq yomg’ir yog’adi degani emas.
Ba’zida bu sodir bo’lmasligi ham mumkin. Agar aytilgan vaqtda yomg’ir yog’sa ham, oyatga xilof ish bo’ldi deyilmaydi. Chunki yomg’ir yog’ishini oldindan aytgan odamlar vositalar va uskunalar yordamida aytgan bo’lib chiqadi.
Buni esa g’aybni bilish deyilmaydi. Balki bu ilmning g’aybligi qolmadi.
Ona qornidagi bolani turli apparatlar yordamida jinsini bilish g’ayb ilmimi yoki unday emasmi?
Bu g’ayb ilmi hisoblanmaydi. Hadislardan ma’lumki, Allohdan o’zga buni hech kim bilmaydi. Bugungi kundagi ko’p hodisalar ba’zilarda yuqoridagi oyatga nisbatan shubha paydo qilishi mumkin. Oyatda Allohdan o’zga hech kim bilmaydi deyilmagan, balki “Bachadondagi narsani U biladi”, deyildi. Demak, bachadondagi narsalarni uskunalar vositasida bilish oyatning mazmuniga zid emas. Bundan tashqari, bachadondagi narsani hech kim bilmaydi degan gap kengroq ma’nodadir.
Jinsi uskunalar vositasida bilindi ham deylik, lekin u hali tug’iladimi yo’qmi, yashab ketadimi yo’qmi, kelajakdagi holati qanday bo’ladi, bularni Allohdan boshqa hech kim bilolmaydi. Biror apparat buni to’liq ifoda etib berolmaydi. Demak oyatni mazmuni umumiyroq ekani ma’lum bo’ldi.
Shuningdek, chaqaloq jinsini biladigan xabarlar ham ikki qism bo’ladi. Birinchisi: uskunalar vositasida jinsi aytiladi. Avvalo bu kabi tekshiruvlar yaqiniy ilmni ifoda etmaydi. Uskunada qanday ko’ringan bo’lsa, shunday tug’iladi degan ishonch yo’q. ba’zida ham bu fikrlar xato bo’lishi ham bor gap.
Mohir doktorlar: ”To’g’ri, uskunlar vositasida onaning qornidalik paytida chaqaloqlikning jinsi malum bo’ladi, lekin bazida bu taxmin noto’g’ri ham chiqip qoladi . Har doim ham ko’ringandek bo’lavermaydi. UZI larda bolaning jinsi tanosil azolaridan bilinadi . Lekin Ona qornidagi bolaning joylashishi boshqacha bo’lganidan bazida o’g’ilni qiz ko’rini yoki nimadir bo’rtib chiqqani sabab , qizni o’g’il ko’rsatishi mumkin. Yana bu kabi vositalar bilan bilish ham aniq emas, balki taxminiy”, deyishadi .
Ikkinchidan Ona qornidagi bola jinsini bilish uchun ma’um bir test sinov ham mavjud bu homilaning avvalgi davrida bo’ladi va buni tekshiradigan doktor ham jinsini aniq darajada aytib berolmaydi . To’g’ri ginekologlarning farmulasi ham bor, shunga asosan mana bu formulaga tushsa, o’g’l bo’ladi, bu formilaga tushsa qiz boladi deyiladi. Formulaga to’g’ri, lekin o’shani muvofiq kelishi hamisha ham to’g’ri bo’lavermaydi. Masalan, bir insoning qonidagi shakar moddasi 130 chiqdi deylik. Albatta, bu oshiqcha degani. Lekin buni hisoblab chiqqan asbobning o’zida aniqlik yo’q. Chunki bir labaratoriyada tekshirtirsangiz 130 ko’rsatgan bo’lsa, boshqasida 120 ko’rsatishi mumkin. Hammasi bir xil chiqmaydi, bazisi ko’p bazisi kam chiqib qoladi. Ya’ni aytmoqchi bo’ganimiz shukiy formula to’g’ri lekin voqe’lik formulaga to’g’ri kelmasligi mumkin .
Unitmaslik kerakki test bo’lsin yoki boshqa uskunalar bo’lsin bolaning jinsini aniqlagani bilan uning tug’ilishi yoki yashab ketishi kimga o’xshashi kelajagi qanaqa bo’lishi kabi narsalarni aytib beraolmaydi. Buni hech qanday test, uskuna yoki biror vosita aytib bera olmaydi. Shu ma’noda “Bachadonlardagi narsani ham U biladi“ iborasi umumiroqdir. Shu sababdan maskur oyat “Allohdan o’zga hechkim bilmaydigan 5 narsaning ichidadir“ hadisi bilan mazmunan bir xil.
Hadisda aytilga 5 narsaning yani biri shunday ifodalanadi : ”Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas”.
Ba’zida qaysi paytda nima qilishingizni bilasiz masalan, doim ishga boradigan odam ertaga ham ishga borishini, nimadan qancha daromad qilishini qancha oylik olishini ham biladi. Demak inson ham ertaga nima qilishini bilar ekan nega hadisda bunday diyildi?
Yuzaki qaraganda bu gap to’g’ri. Inson ma’lum ishni qilishi yoki oylik maoshi ham tayin bo’lishi mumkin. Lekin ertaga ish xonasiga bora oladimi, yo’qmi, ishlay oladimi, yo’qmi bularni bila olmaydi! Buning haqiqatini faqat Alloh taoloning O’zi biladi, inson bila olmaydi. Demak oyat borasida hech kim qanday shubha bo’lishi mumkin emas.
Albatta qiyomat kuni bu dunyo hayotining tugashi va oxirat hayotining boshlanishidir
Qiyomat alomatlari bizga Allohning odamlarga bergan ogohlantiruvlari sifatida qaraladi. Ularni faqatgina qo‘rqinchli voqealar sifatida emas, balki o‘zimizni isloh qilish, dinni mahkam tutish, ibodat va taqvoga yanada jiddiy yondashish uchun imkoniyat deb tushunish kerak.
“Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus
islom ta`lim muassasasi o`qituvchisi: Jumayeva Ferangis
[1]Qur’on Karim. Luqmon surasi:Dor al-hilal:-T:,2022.-S.77. 34- oyat
[2] “Qur’oni karim oyatlari mazmun-ma’nosining o’zbekcha izohli tarjimasi”
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish