“Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol uslullardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida o‘quv seminar
#seminar

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida qishki ta’til davrida o‘qituvchi-pedagoglar uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan boʼlib, reja asosida joriy yilning 6-yanvar kuni “Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol uslullardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Mir Arab Oliy Madrasasi katta o‘qituvchisi, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), hozirda Buxoro davlat universiteti doktoranti (DSc) Ro‘zimuhammad domla To‘xtasinov ma’ruza qildi. Har bir o‘qituvchi dars jarayonida nimalar muhim ekanligiga alohida toʼxtaldi. Jumladan,
🫥 Hamkorlik va doimo o‘z ustida ishlash;
🫥 Bu fan nima va nima uchun o‘qitiladi va nimaga olib boradi? – degan savollarga javob topib berish;
🫥Metodlarni har biridan unumli foydalanish (faqat masalani o‘ziga e’tibor qaratish, masalaning mohiyati va illatiga e’tibor qaratish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish) kabilarga e’tiborli bo‘lish muhimligi tushuntirildi.
Bugungi kunda ixtisoslik fanlaridan dars o‘tayotgan o‘qituvchi ko‘pincha quyidagi e’tirozlar bilan yuzlashadi:
🫥 “Islomda gender tenglik yo‘q”
🫥 “Ayollarning huquqlari himoyalanmagan”
🫥 “Ayollar rahbar bo‘la olmaydi”
🫥 “Ayollarga nisbatan hukmlar adolatsiz”
🫥 Bu savollar:
🫥dinga qarshi chiqishdan emas,
🫥balki tushunmovchilik, qiyoslash va zamonaviy dunyoqarash bilan shar’iy tizimni aralashtirib yuborish natijasida tug‘iladi.
🫥 Shuning uchun o‘qituvchi:
🫥 hukmni qat’iy aytishdan oldin,
🫥 uning falsafasi, maqsadi va chegarasini tushuntirishi kerakligi asoslab berildi.
O‘quv-seminar pedagoglar uchun manfaatli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.
O‘quv-seminarida o‘zining qimmatli vaqtini ayamay tashrif buyurib, ilm ulashgan Ro‘zimuhammad domla To‘xtasinovga ta’lim muassasasi ma’muriyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz!
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i : Munira Xujayeva
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish