BMT ning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid navbatdagi global tadbiri O‘zbekistonda o'tkaziladi
#korrupsiya BMT ning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid navbatdagi global tadbiri O‘zbekistonda o'tkaziladi

BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlarining 2027-yilda bo'lib o'tadigan navbatdagi sessiyasi (CoSP-12) O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishi belgilandi.
O'zbekistonnong mazkur tashabbusi Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan CoSP-11 sessiyasida 190 ta davlat tomonidan ma'qullandi va bu haqida tegishli qaror qabul qilindi.
CoSP — korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli xalqaro maydon bo‘lib, unda 190 dan ortiq davlat vakillari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati ishtirok etadi.
Avvalgi yillarda bu tadbirga 2017-yil Avstriya, 2019-yil BAA, 2021-yil Misr, 2023-yil AQSh mezbonlik qilgan.
CoSP sessiyasi doirasida:
✔️ korrupsiyaga qarshi milliy siyosatlar
✔️ xalqaro hamkorlik
✔️ aktivlarni qaytarish
✔️ shaffoflik va hisobdorlik
kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Bu qaror O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlari, ochiqlik siyosati va xalqaro hamkorlikdagi faol pozitsiyasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini anglatadi.
manba: https://t.me/antikor_uzb
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish