“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida davra suhbati
#konstitutsiya
#davra_suhbati

Har bir xalqning tarixida uning taqdirini belgilab beradigan muhim hujjatlar boladi. Ozbekiston xalqi uchun bunday hujjat bu Konstitutsiyadir.
"Joʼybori kalon" ayol—qizlar o‘rta maxsus islom talim muassasasida, talim muassasasi huquqishunosi J.Muborakov tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni mamlakatimizda keng nishonlanib kelinishi, inson huquqlari va qadr-qimmati, ijtimoiy himoyasi, shaxsiy huquq va erkinliklarning ilg‘or xalqaro standartlar asosida kafolatlangani alohida ta’kidlab, dunyo mamlakatlari Konstitutsiyalarida insonning 110 dan ortiq huquqi qayd etilgani, shundan 90 tasi yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda mavjudligini bayon qildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ta`lim muassasasi matbuot xizmati.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish