23.06.2025

"Jo'ybori kalon" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida bitiruvchilar uchun yakuniy davlat imtihonlari davom etmoqda.

"Jo'ybori kalon" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida bitiruvchilar uchun yakuniy davlat imtihonlari davom etmoqda. 
Bugun, 23 iyun 2025 yil sanasida "Jo'ybori kalon" ayol-qizlar maxsus islom ta’lim muassasasida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun "O'zbekiston tarixi" , "Milliy g'oya" , "O`zbekistonning rivojlantirish strategiyasi" fanlaridan yakuniy davlat imtihoni bo'lib o'tdi.

Mazkur imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida ta'lim muassasasidagi o‘qituvchilari — D. Gulamova, Sh. Elchiyeva hamda BuxDu dotsenti, t. f. b  f. d (P.h.d) N. O. Jo'rayeva taklif qilindi va ular imtihon jarayonida nazoratchi sifatida ishtirok etdilar.

Imtihon jarayonida ta’lim muassasasining direktori O. T. Sharipova hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o'rinbosari A. N. Rahimovalar ishtirok etib, imtihonning borishi va uning qoidalari bilan tanishtirdilar nazorat qildilar.
"Jo’ybori Kalon" ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati.

Izoh qoldirish