
Abu Abdulloh Muhammadning ibn Ismoil al Buxoriy “Al-Jome’ as-Sahih” asarini tadqiq yetishning nazariy metodologik asoslari
Mamlakatimizning yangi renessans yo‘lidan rivojlanishi ma’naviyatimizning umr boqiy sarchashmalarini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Bu esa ma’naviy dunyoyimizdagi bo‘shliqni to‘ldirish, milliy qadriyatlarimiz milliy g’ururni oziqlantirish, yoshlarni ta’lim-tarbiya sifat samaradorligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bugungi kunda ImomBuxoriyning ma’naviy merosini o‘rganish yuzasidan samarali islohotlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz “Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar kitob hisoblangan “Sahihul Buxoriy”ning muallifi sifatida tan olingan” deb ta’kidlab o‘tganlar. Mamlakatimiz taraqqiyotining barcha tomonlari kishilarning axloqiy-shaxsiy yuksak insoniy fazilatlariga bog’liqdir.Respublikamiz yoshlarini halol, pok, xalq, Vatan yo‘lida fidoiylik ruhida tarbiyalashda hadis ilmining o‘rni alohida o‘rin egallaydi. Chunki, yuksalish – ma’naviy bo‘shliqni shakllantirishdan iborat. Ma’naviyat insonda mehnat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Ayniqsa, yoshlarni mehnat qilishga va uni qadrlashga yo‘naltiradi. Mehnat bu inson hayotidir. Hayot ham o‘z navbatida mehnatdan iboratdir. Mehnat tufayli insonda tashabbus, ijod, izlanish, yangilikka intilish paydo bo‘ladi. Mehnat insonni hayot qiyinchiliklariga bardosh berishgi o‘rgatadi, tayyorlaydi. Olamni salbiy yoki ijobiy tomonga o‘zgarishi inson faoliyati bilan bog’liq. Bu faoliyat esa ma’naviyatsiz amalga oshmaydi. Тabiat va jamiyatning o‘zgarishi inson ruhiyati bilan ham bog’liqdir. Ruhiyat o‘z navbatida yashash sharoitlari, insonning turmush tarzi bilan doimiy aloqada. Shu sharoitlarni insonga mos qilib yaratish jamiyat taraqqiyotiga bog’liq. Binobarin, jamiyatning ma’naviy yuksalishi shu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu jihatlar bo‘yicha yoshlarni barkamol rivojlantirish konsepsiyasida ham “Sahihul Buxoriy” ta’limotining o‘rni beqiyosdir.
Imom Buxoriyning ilmiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy juda yosh paytlaridan kitob yozishni boshlaganlar. Xatib Bag‘dodiy Buxoriyning o‘zlaridan shunday rivoyat qiladi: «O‘n sakkiz yoshga yetganimda sahoba va tobeinlarning masalalarini va qavllarini tasnif qila boshladim. Bu Ubaydulloh ibn Muso davrida bo‘lgan edi. Usha paytda «Kitobut-tarix»ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kabrlari yonida oydin kechalarda tasnif etganman».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini jamlash va kitob holiga keltirish ishlari rasmiy ravishda hijriy yuzinchi yil atrofida xalifalik qilgan Umar ibn Abdulaziz davrida bo‘lgani ma’lum va mashhur. Umar ibn Abdulaziz Ibn Shihob Zuxriy va boshqa muhaddislardan omma uchun hadis kitobi yozishni so‘radi. Ibn Shihob Zuxriy sodda kilib bir kitob ta’lif etdi. Boshqalar xam unga ergashishdi. Rasmiy ravishda hadis kitoblar yozish shundan boshlandi.
Ushbu davrdagi hadis kitoblarini ta’lif qilishdagi asosiy yo‘nalish kitob yozayotgan shaxsga yetib kelgan hadislarni shundayicha qog‘ozga tushirib, kitob shakliga keltirishdan iborat bo‘lgan, desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mazkur hadis kitoblarining hajmi tobora kattalashib borgan. Abdurrazzoq San’oniy kabi o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan muhaddislari tasnif qilgan kitoblar o‘n yoki undan ko‘p jild bo‘lib ketgan. Bu kitoblarning asosiy maqsadi mavjud hadislarni jamlashdangina iborat bo‘lgan.
Tarix va tarjimai xollarga oid kitoblarga nazar solsak, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, vaqti-soati kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari bo‘yicha odamlarga ishonchli manba, hidoyat va foyda bulog‘i bo‘lishi uchun muxtasar bir kitob tasnif qilish zarurati tug‘ilgan edi.Imom Buxoriy ushbu zaruratni birinchilardan bo‘lib anglab yetdilar. U kishi mazkur kitobni tasnif qilishga bel bog‘ladilar. Imom Buxoriy bu ishni amalga oshirishlariga turtki bo‘lgan hodisalarni o‘zlari eslab, gapirib yurganlar.
Xatib Bag‘dodiy mashhur «Tarixi Bag‘dod» kitobida bu haqda Ibrohim ibn Ma’qil Nasafiydan kuyidagi rivoyatni keltiradi: «Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoilning: «Ishoq ibn Rohavayhning huzurida edim. Ashoblarimizdan biri «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘yicha muxtasar bir kitob jamlasalaringiz-chi», deb qoldi. Bu gap qalbimga o‘rnashib qoldi va ushbu kitobni jamlashni boshladim», deganini eshitdim».
Ibn Imod Hanbaliy o‘zining «Shazarotuz-zahab fiy axbori man zahab» nomli kitobida Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisdan kuyidagi rivoyatni keltiradi: «Abu Abdulloh Muxammad ibn Ismoil Buxoriyning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko‘rdim. Men oldilarida turib, u zotni qo‘limdagi yelpigich ila yelpimokdaman. Ba’zi ta’birchilarga tushimni aytsam, «Sen u zotdan yolgonlarni chetlatar ekansan», deyishdi. Mana shu narsa «Sahih»ni chiqarishimga turtki bo‘ldi».
Ushbu ikki rivoyatni jamlab: imom Buxoriy Ishoq ibn Rohavayh rahmatullohi alayhning majlisidan keyin tush ko‘rganlar va ikki hodisa mashhur kitoblarining yozilishiga turtki bo‘lgan, deyishimiz mumkin.
Imom Buxoriyning bosh asarlari bo‘lmish bu kitob turli nomlar bilan ataladi. Ammo u kishining o‘zlari qo‘ygan rasmiy nomni juda oz sonli odam biladi.
Kitobning asl va to‘liq nomi quyidagicha: «Al-Jome’ as-sahih al- musnad min hadisi Rosulillah sollallohu ’alayhi vasallam va suna- nihi va ayyamihi».
Kitobning nomini so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari, sunnatlari va ayyomlari haqida jamlovchi, sahih va musnad» degan ma’no kelib chiqadi.
Hadis ilmi ulamolari istilohida «jome’» deganda, «hadisning barcha qismlarini jamlovchi» degan ma’no tushuniladi. Ya’ni aqiyda, hukmlar, zohidlik, yemoq-ichmoq odobi, safar, turib-o‘tirish odobi,tafsir, tarix, siyar, fitnalar, fazilatlarga oid hadislarni o‘z ichiga olgan kitob, degan ma’noni bildiradi.
Bu haqda Shoh Valiyulloh Dehlaviy quyidagilarni aytadi:
«Axdi hadislar hadis ilmini devonga kiritib, tasnif qilganlarida uni to‘rt fandan iborat qilganlar:
1. Sunnat fani. Ya’ni fiqhga oid narsalar. Molikning «Muvatto»si va Sufyonning «Jome’»siga o‘xshash kitoblar.
2. Tafsir fani. Ibn Jurayjning kitobiga o‘xshash.
3. Siyrat fani. Muhammad ibn Ishoqning kitobiga o‘xshash.
4. Zuxd va Raqoiq. Ibn Muborakning kitobiga o‘xshash.
Buxoriy mazkur to‘rt fanni bir kitobda jamlashni iroda qildi. Shu bilan birga, Buxoriy o‘zidan oldingi va zamondosh ulamolar sahixdi- gi haqida hukm qilgan hadislarnigina olishni yo‘lga qo‘ydi. Sanadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib boradigan hadislar- nigina olishni ravo ko‘rdi. Kitobdagi ba’zi asarlar va shunga o‘xshash narsalar hadisga tobe bo‘lgan holdagina kelgan, asl bo‘lib kelmagan.
Shuning uchun ham uning kitobi «Al-Jome’ as-sahih al-musnad» deb nomlangan. Yana Buxoriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan hukm chiqarishga qattiq uringan. Har bir hadisdan ko‘plab masalalarni chiqargan. Buni undan oldin hech kim qilmagan».
Imom Buxoriy o‘zlarining «Jome’us-sahih» kitoblarida faqat sahih hadislarga suyanganlari haqidagi gaplar keragidan ham ko‘p. Bu xaqiqatni u kishining o‘zlari ochiq-oydin aytganlar va boshka ulamolar bu gapni qo‘llab-quvvatlashgan.
Xatib Bag‘dodiy o‘z sanadi ila Ibrohim ibn Ma’qildan rivoyat qiladi: «Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning: ««Jome’» kitobimga sahixdan boshqani kiritmadim. Cho‘zilib ketmasin deb, ba’zi sahihlarni ham tark qildim», deganini eshitdim».
Imom Buxoriy «Sahih»lariga o‘zlari yod olgan olti yuz ming hadis- dan faqat sahihlarini ixtiyor qilganlar. U kishi o‘zlarining «Jo- me’»larini o‘n olti yil davomida tasnif qilganlar. Bu tasnif ishlari turli diyorlarda davom etgan. Uning bir qismi Buxoroda yozilgan bo‘lsa, boshqa bir bo‘lagi Makkada bitilgan, uchinchi qismi Basrada tasnif qilingan va hokazo.
Axdal Imom Buxoriyga nisbatan aytgan ko‘pgina maktovlari davomida quyidagilarni aytgan: «Odamlar uning kitobi sahih ekaniga ittifoq qilishgan. Hatto ko‘pgina faqihlar: «Agar bir kishi «Sahihi Buxoriy»dagi hadislarning sanadi Rasululloh sollallohu alayhivasallamga yetib bormagan bo‘lsa, xotinim taloq bo‘lsin», desa, talog‘i tushmaydi», deyishgan».
Imom Buxoriy o‘ta parhezkor va Rasululloh sollallohu alayhi va- sallam hadislarining ehtiromini joyiga qo‘yadigan zot edilar. Hadislarni faqat tahoratli holdagina rivoyat qilar edilar. Xatib Bag‘dodiy o‘zining «Tarixi Bag‘dod» kitobida Muhammad ibn Yusuf Firabriydan rivoyat qiladi: «Muhammad ibn Ismoil Buxoriy menga: «Avval g‘usl qilib, ikki rakat namoz o‘qimay turib, «Sahih» kitobimga birorta hadis kiritmaganman», degan».
Bundan imom Buxoriy har bir hadisni o‘z kitoblariga kiritishdan oldin g‘usl qilib, ikki rakat istixora namozi o‘qiganlari va ko‘ngillarida ravshanlik paydo bo‘lgandagina hadisni kitoblariga yozganlari ma’lum bo‘ladi.
«Sahihul-Buxoriy»dagi hadislarning soni xaqida qadimdan turli kishilar har xil sonlarni aytib, yozib kelganlar. Ammo biz oxirgi ma’lumotni keltirish bilan kifoyalanamiz. Muhammad Fuod Abdulboqiy raqamlab chiqqan va «Salafiya tab’- asi» nomini olgan nusxadagi hadislarning soni yetti ming besh yuz oltmish uchtadan iborat.
Yer yuzidagi barcha ulamolar jumhuri: muhaddislar, faqihlar, usuliylar, mutakallimlar, nahviylar va boshqalar «Sahihul-Buxoriy» Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimdan keyingi eng ishonchli va sahih kitob ekaniga ittifoq qilishgan. Barcha ulamolar bu kitobni katta e’tibor bilan qabul qilishgan va yukori maqomga qo‘yishgan.
Imom Navaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhlari muqaddimasida quyidagilarni keltiradilar: «Ulamolarning fikriga ko‘ra, Qur’oni Azizdan keyingi eng sahih kitoblar Buxoriy va Muslimning «Sahih»laridir. Ummat bu ikki kitobni kabul qilib olgandir. Buxoriyning kitobi sahihroq va foydalirokdir.
Sobit bo‘lgan haqiqat shulki, Muslim Buxoriydan foydalangan kishilardandir. U hadis ilmida Buxoriy benazir ekanini e’tirof qilgan. Buxoriyning kitobi afzal ekani haqida biz zikr qilgan narsa hadis sirlarini yaxshi bilgan hoziqlar jumhuri tan olgan haqiqatdir».
Imom Doraqutniy shunday deydilar: «Agar Buxoriy bo‘lmaganida, Muslim ketmasdi ham, kelmasdi ham. Muslim nima qilgan? Faqatgina Buxoriyning kitobini olib, uning asosida ba’zi hadislarni chiqargan va ba’zi ziyodalar kiritgan, xolos».
Islom dunyosida Qur’oni karimdan keyingi eng katta e’tiborni imom Buxoriyning «al-Jome’ as-sahih» kitoblari qozongan. Hadislarning diqqat bilan tanlangani, mukammal tartibga ega ekani, ichi qimmatbaho ma’lumotlar bilan to‘laligi bu benazir kitobning o‘sha e’tiborni kozonganiga sabab bo‘lgandir. Butun Islom olami ushbu kitobga mustahkam bog‘langan va har qanday kunlarida va har qanday masala muammolari uchun ham bu kitobni asosiy manba va suyanchiq sifatida qabul qilgani sobit bir haqiqatdir.
Musulmonlarning «Sahihul-Buxoriy»ga bo‘lgan munosabatlari haqida quyidagi shaklda xulosa qilish mumkin.
Hofiz Shamsiddin Zahabiy «Tarixul Islom» kitobida kuyidagi larni yozadi: «Ammo Buxoriyning «Jome’us-sahih»i Alloh taoloning kitobidan keyingi Islomning eng ulug‘ va afzal kitobidir. Hozirgi kunda bu kitob odamlar uchun eng oliy sanaddir. Uni eshitish oliy maqom ekanidan o‘ttiz yildan buyon xursand bo‘lib yuradilar. Bugun qanday bo‘lishini o‘zingiz bilib olavering. Agar bir odam bu kitobni eshitish uchun ming farsax yo‘l yursa, safari zoye bo‘lmaydi».
«Sahihul-Buxoriy»ning martabasi qay darajada ekanini muhad- dislar, faqihlar, fiqhiy mazhablari va ijtihodlari turli bo‘lishi- ra qaramay, barcha ulamolar baravariga chuqur o‘rganganlari, taxdil va sharh qilganlari, muxtasar va hoshiyalar yozganlaridan ham bilib olish mumkin. Ularni ta’riflash va o‘rganish uchun alohida kitoblar yozishga to‘g‘ri keladi.
Zamondosh ulamolardan doktor Abdulgani Abdulxoliq o‘zining «Imom Buxoriy va uning «Sahih»i» nomli asarida «Sahihul-Buxoriy»ga bog‘lik sharh, hoshiya va muxtasarlardan bir yuz o‘ttiz bittasini keltirgan.
Imom Buxoriyning «Sahih»lariga ko‘plab sharxdar yozilgan. Boshka biror hadis kitobiga «Sahihul-Buxoriy»ga yozilganchalik sharh yozilganmas. Shuning o‘zi ham bu kitobning Islom olamidagi o‘rni beqiyos ekaiidan dalolat qiladi.
Mazkur sharxdardan eng mashhurlari quyidagilar:
1. «Fathul-Boriy sharhu Sahihil-Buxoriy». Shihobuddin Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ali ibn Mahmud ibn Ahmab ibn Hajar -Asqaloniy ash-Shofi’iy.
2. «Al-Kavkab ad-Daroriy fiy sharhi Sahihil-Buxoriy». Sham sud- din Muhammad ibn Yusuf al-Kirmoniy.
3. «Irshadus-sariy fiy sharhi Sahihil-Buxoriy». Shihobuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr al-Qastaloniy ash-Misriy ash- Shofi’iy.
4. «At-Tavshih sharh al-Jami’ as-sahih». Abdurrahmon ibn Kamol Abu Bakr al-Xuzayriy as-Suyutiy.
5. «Umdat al-qoriy fiy sharhi Sahihil-Buxoriy». Abu Muhammad Badruddin Maxmud ibn Axmad al-Ayniy al-Hanafiy.
6. «Fayzul-Boriy sharhu Sahihil-Buxoriy». Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriy.
Imom Buxoriyning «Sahih»lari Islom olamida Qur’oni karimdan keyingi maqomdagi kitob ekanining yana bir dalili «Sahihul-Buxoriy xatmi»dir.
Savobga erishish maqsadida Qur’oni karimni xatm qilish odati barchamizga ma’lum. Lekin Qur’oni karimning yonida «Sahihul-Buxoriy» kitobini to‘liq xatm qilib o‘tkazish xam tarixda ancha keng tarqalgan odat ekanidan balki ko‘pchiligimiz bexabardirmiz. Ushbu kitobni moddiy va ma’naviy qiyinchiliklardan, kasallik va musibatlardan kutulish xamda har turli maksadlarga erishish uchun ham xatm qilib o‘qish Islom olamida yo‘lga qo‘yilgan ulkan amallardandir. Xatmlardan keyin maqsadlarning shubhasiz hosil bo‘lgani haqida xam qat’iy rivoyatlarda xabar berilgan. Ushbu mavzuni Ibn Hajar Asqaloniy «Had- yussoriy muqaddimatu Fathul-Boriy» kitobida, Abdulaziz Dexdaviy «Bo‘stonul-muhaddisin» kitobida batafsil bayon qilganlar.
Kirmoniyning (hijriy 786, milodiy1384 yili vafot etgan) bayon kilishicha, o‘z davrida Islom mamlakatlaridan birining podshosi betob bo‘lib koladi va shifo topish umidida «Sahihul-Buxoriy»ni xatm qilib o‘qilishini buyuradi. [1]
Og‘ir kunlarda «Sahihul-Buxoriy» o‘kilsa, odamlar albatta huzur- halovatga erishishlari hamda dengiz sayohatiga chiqqan kishi bu kitobni yonida olib yursa, kema cho‘kmasligini aytib o‘tgan Ibn Abu Jamra (hijriy 699, milodiy 1300 yili vafot etgan) bu xususiyatlarni duola- ri maqbul zot - imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih»ni o‘qiganlar uchun duo qilganlari bilan izoxdaydi.
Ibn Daqiq Iyd rahmatullohi alayhning rivoyat qilishicha, mo‘g‘ullar istilosiga karshi masjidlarda «Sahihul-Buxoriy» o‘qilgan. Kitobning xatmi yakunlanib, oxiriga yetgan kundan boshlab mo‘g‘ul qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchray boshlagan.[2]
1281 yilda mo‘g‘ul-tatarlar Suriyaga kirgan vaqtda Sulton Mansur Qalavun ularga qarshi mudofaa uchun yo‘lga chiqishdan oldin «Sahihul- Buxoriy»ni o‘qishni buyurgan ekan. Ulamolar xatm juma kuniga to‘g‘ri keladigan qilib mo‘ljallab, kitobni bir necha o‘tirishda xatm qilib o‘tkazishgan ekan.
Misrlik tarixchi Ibn Iyos shunday xabar beradi: «1505 yilda Misr sultonining hovlisida qurilgan katta bir chodirda «Sahihul-Buxoriy» xatm qilinar edi. Bundan oldingi vaqtlarda esa xatm marosimlari katta saroyda o‘tkazilardi. Xatm marosimlarida kozilarga va tanikli ulamolarga choponlar kiydirilib, katta mikdorda hadyalar berilar edi. Keyinchalik esa kitob Qal’a masjidida o‘qilib, sultonning huzurida xatm marosimi bilan tugatiladigan bo‘ldi.» [3]
«1581 yili Usmonli qo‘shinidan qo‘rqib, Marokashdagi taxtini tashlab, Fasga qochib ketgan Sulton Axmad al-Mansur Usmonli xali- fasi Sulton III Murod tomonidan afv qilinib, taxtiga qaytayotgani- da fasliklar tomonidan, xuddi xalifalarga qilinganidek, «Sahihul-Buxoriy» xatm qilinib, yo‘lga kuzatib qo‘yilgan. Usha davrlarda Mag‘ribda dushman ustidan g‘alaba qozonilganda, g‘alabani nishonlash marosimlarida Qur’oni karim bilan birga «Sahihul-Buxoriy» xatmlari qilingani, hattoki qasamyod marosimlarida Qur’oni karim ustida qasam ichilgani kabi, «Sahihayn» ustida ham qasamyod qilingani ma’lumdir.» [4]
«Fas sultoni Ismoil ibn Sharif (1646-1727) habash kullardan iborat«Abiydul-Buxoriy» («Buxoriy xizmatkorlari») nomidagi bir qo‘riqchi-muhofizlar guruhini tuzgan. «Sahihul-Buxoriy» ustida qasamyod qildirib, ulardan sodiqlik so‘zini oldi va ularga bitta «Sahihul-Buxoriy» nusxasini topshirdi. Uni juda dikqat bilan saqlashni, qattiq qo‘riqlashni, otga minganlarida ham yonlaridan ayirmasliklarini, xuddi Banu Isroil qavmi «Axd sandig‘i»ni doim o‘zi bilan olib yurganidek, uni janglarda eng oldingi saflarda olib yurishni buyurdi. Fasda keng tarqalgan e’tiqodga ko‘ra, biror avliyoning qabrini ziyorat qilayotib, «Sahihul-Buxoriy»dan xoxlagan bir sahifani ochib, birinchi ko‘zi tushgan hadisni o‘qigan, hadisning sanad silsilasidagi roviylarni va Rasululloh alayhissalomni vasila qilib, Alloxdan murodini so‘ragan kishining tilagi qisqa vaqt ichida ro‘yobga chiqadi».
«1798 yilda Napoleon Bonapartning shaharga bostirib kirmasligini tilab, Jome’ul Azharda «Sahihul-Buxoriy» xatm qilingan. 1902 yil 12 sentyabrda aynan o‘sha joyda vabo kasalligi epidemiyasi tarqalish ehtimoli yuzaga kelganida ham unga qarshi «Sahihul-Buxoriy» kitobi xatm qilinib o‘qilgan»[5]
Muhim ishlarni boshlashdan oldin ham «Sahihul-Buxoriy»ni xatm qilish an’anasi bor. Mag‘ribda qilinadigan katta xatm marosimlari uchun Rajab oyining birinchi kuni «Sahihul-Buxoriy»ni o‘qish boshlanar va Ramazonning yigirma yettinchi kuni tugatilar edi. Kitobning oxirgi hadisi bo‘lgan «Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ’aziym»ga kelganda, hamma oyoqqa turar va bu hadisni birgalikda bir yuz bir marta takrorlar edilar. Undan keyin Busiriyning «Qasidai Burda» va «Qasidai hamziya»sidan bir necha baytlar jo‘rlikda o‘qilar edi. Ushbu marosimlar hukmdorning saroyida takrorlangani kabi, Ramazon hayitining birinchi va yettinchi kunlari hukmdorlar turgan shahar markazlarida ham takrorlanar edi.
«Sahihul-Buxoriy» kitobini xatm qilish shu qadar keng tarqalga- ni va an’ana shakliga kirgani uchun ulamolar bu kitobni xatm qilish shakli, odobi va foydalari haqida ham juda ko‘p kitoblar yozishgan. Faqat shu mavzuda yigirmadan ortiq kitob yozilganining o‘zi ham «Sahihul-Buxoriy» kitobini xatm qilishga naqadar katta ahamiyat berilganini ko‘rsatib turibdi.
Misol tariqasida shu mavzuda yozilgan kitoblarning ayrimlarining nomlarini keltirib o‘tmoqchimiz.
1)«Tuhfatus sami’ val koriy fiy xotmi Sahixil-Buxoriy». Shi- hobuddin Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Abu Bakr ibn Zayd al- Muvsiliy ad-Dimashqiy (788-870 y., 1386-1465 milodiy). Bu kishi Ibn Zayd nomi bilan mashhur bo‘lib, Shomda yashagan. Buyuk mufassir, muhaddis, faqih, shoir, nahv va tarix olimidir.[6]
2)«Umdatul qoriy vas-some’ fiy xatmi Sahihil Buxoriy». Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdurrahmon as-Sahaviy (830- 902 y., 1427-1497 milodiy). Bu kishi misrlik buyuk ulamolardandir. To‘rt yuz nafar shayxdan dare olgan. Ibn Hajarning eng yaqin talabalaridan edi. Mufassir, muhaddis, faqih, usulchi, qiroat olimi, adib, tarixchi va tilchi bo‘lgan. Buxoriyga juda katta ehtimomi bor edi. «Sahihul-Buxoriy»ni 120 dan ortiq kishidan rivoyat qilgan.
3)«Bidoyatul-qoriy fiy xotmi Sahihil-Buxoriy». Nosiruddin Muxammad ibn Solim ibn Ali at-Tabloviy al-Misriy (966 yilda vafot etgan, 1559 m.). Uz zamonasida Misrning eng ishonchli olimlaridan bo‘lgan. Hadis, tafsir, fiqh, usul, qiroat, kalom, nahv, mantiq, tibbiyot va adabiyotda juda ilg‘or bo‘lgan. O‘zi mutasavviflardan bo‘lib, ibodatga qattiq berilgan zohid edi. Suyutiydan dars olgan va Hashshobiyada mudarrislik qilgan.
4)«Adabul qoriy ’alaa avvali bobil Buxoriy». Nuriddin Ali ibn Sulton ibn Muhammad al-Qoriy al-Haraviy (1014 yilda vafot etgan, 1605 m.). Hirotda tug‘ilib, Makkada yashagan va o‘sha yerda vafot etgan mashhur hanafiy ulamolardan edi. Mufassir, muhaddis, faqih, qiroat olimi va xattot bo‘lgan. Juda ko‘p asarlar yozgan. Makkada har yili bitta mushaf yozar, sahifa chetlariga tafsir va qiroatga doir ma’lumotlarni yozar, shularni sotib, tirikchiligini o‘tkazar edi. Vafot etganida butun Misr ulamolari unga g‘oyibona janoza o‘qigan.
Barchamizga ma’lumki, imom Buxoriyning shoh asarlari bo‘lmish «Sahihul-Buxoriy» yoki «Al-Jome’ as-sahih» kitobi butun Islom ummatining ittifoqi ila Allohning Kitobi - Qur’oni karimdan keyingi eng to‘g‘ri, eng sahix kitob deb e’tirof qilingan.
Albatta, hadisi shariflar Nabiyimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning muborak og‘izlaridan chiqqandan so‘ng sahobalar tomonidan katta e’tibor va ehtimom bilan qabul qilib olingan va so‘ngra ulardan keyin kelgan avlodlarga ishonchli asosda naql qilingan.
Usha narsa muhaddislarimizga, shu jumladan, imom Buxoriyga ham yetib kelgan. Roviylarning, ya’ni hadisni naql kiluvchi kishilarning shaxsiyatlarini chuqur o‘rganib, ular umrida yolgon gapirmaganlari, eshitgan narsalarini unutish odatlari bo‘lmagani, xiyonat va boshqa bir salbiy sifatlari yo‘qligiga ishonchlari komil bo‘lganidan so‘ng va o‘sha shaxs kimdan rivoyat qilgan bo‘lsa, ularning uchrashgani to‘g‘risida guvoh ham topilganidan so‘ng imom Buxoriy bu hadisni qabul qilganlar va kitoblariga kiritganlar.
Demak, imom Buxoriydan Rasululloh alayhissolatu vassalomgacha bo‘lgan silsila juda aniq ravishda o‘rganilgan. Ma’lumki, mazkur roviylar silsilasi «sanad» deyiladi. Sanadda bir necha kishi bo‘ladi.
Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih»ida «silsilai zahabiya» («oltin silsila») degan sanadlar bor. Ularning bunday atalishiga sabab, ular uch kishidan iboratdir, ya’ni ularda imom Buxoriy bilan Rasululloh alayhissolatu vassalom o‘rtalarida uchta roviy bor, xolos. «Sahihul-Buxoriy»dagi ana shunday sanadli hadislarni to‘plab, «Sulosiyoti Buxoriy» («Buxoriyning uchliklari») degan nomda alohida kitob ham nashr qilingan.
«Sahihul-Buxoriy»da hadislarning roviylari soni to‘rt, besh, olti, yetti kishigacha yetadi. Bu yerda biz aytmoqchi bo‘lgan ran imom Buxoriydan buyog‘iga - bizgacha yetib kelishi qanday bo‘lgani haqidadir. Bu buyuk manba musulmonlarga juda daqiq ilmiy harakat asosida, o‘ta aniqlik bilan tutib kelingan uslub orkali yetkazilgan.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, imom Buxoriy hadislarni katta ilmiy bahslardan so‘ng, ishonchli ekani aniqlanganidan keyin o‘z kitoblariga yozganlar va mazkur kitobni ko‘pchilikka, ya’ni oddiy odamlarga, tengdoshlariga, shogirdlariga va boshqalarga o‘qitganlar.
Misol uchun, imom Buxoriy Buxoroga kelganlarida Masjidi Kalon juda katta masjid bo‘lgan. U yerda o‘z kitoblaridan dars o‘tganlarida ma’lum bir masofada muballig‘lar, ya’ni yetkazuvchilar turib, imom Buxoriyning og‘zilaridan nima chiqsa, xalqqa yetkazib turgan. Hamma eshitib, yodlab, yozib borgan.
Imom Buxoriydan u kishining kitoblarini to‘liq yozib olgan shogirdlar yangi nusxani ustozdan muqobala usulida o‘tkazib olgan. Buxoriy shogirdning qo‘lidagi nusxani tasdiqlab, shogirdiga undan dars berishga yozma ijoza bergach, u ham ushbu kitobdan dare berishga o‘tgan va o‘z navba- tida uni o‘z shogirdlariga ustozdan qanday qabul qilib olgan bo‘lsa, xuddi shunday: nusxalarni solishtirib, yozma ijozalar bilan topshirgan.
Demak, qo‘lyozmalar imom Buxoriydan bizgacha shu tarzda birin-ketin o‘tib kelavergan. Oxiri kelib, chop etilgan bo‘lsa, qaysi qo‘lyozmadan qilingani ochiq-oydin yozib qo‘yilgan.
Ana shunday usulda, har bir hadis o‘quvchiga, har bir hadis eshituvchiga o‘zining silsilasi paydo bo‘ladi. Hadis to‘g‘risida gap ketayotganda hadisning bu tarafida hadis o‘rganayotgan tolibi ilm tursa, u tarafida Rasululloh alayhissolatu vassalom turishlarini unutmaslik kerak.
«Sahihul-Buxoriy»ni imom Buxoriydan o‘qigan Firabriyga yozma tarzda «ijozat» - guvohnoma berilgan. Firabriy xuddi shu narsani o‘z shogirdlariga «Imom Buxoriydan, Firabriydan» deb bergan. Firabriyning shogirdlari esa o‘z shogirdlariga «Imom Buxoriydan, Firabriydan, Falonchidan» deb «ijozat» berishgan va hokazo.[7]
«Al-Jome’ as-sahih»ni imom Buxoriydan 90 ming kishi tinglagan. Shunga qaramay, uni keyingi avlodlarga yetkazganlar soni ozchilikni tashkil qiladi. Uni rivoyat qilganlar boshida Abu Abdulloh Muxammad ibn Yusuf ibn Mator al-Firabriy turadi. Firabriy «Al- Jome’ as-sahih»ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imom Buxoriyning o‘zlaridan ikki marta to‘liq tinglagan: bir marta Firabrda, bir marta Buxoroda. Firabriydan boshqalar esa kitobning eng oxirgi bo‘limini imom Buxoriydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitishga muvaffaq bo‘lmagan roviylar bo‘lib, ular kuyidagilardir:
Hammod ibn Shokir Nasafiy (vaf. 290 y., 903 m.). U zot kitobning «Kitobul-ahkom»dan keyingi qismlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinglamagani uchun bu qismlarni imom Buxoriydan ijozat yo‘li bilan olgan.
Ibrohim ibn Ma’qil an-Nasafiy (vaf. 295 y., 908 m.).
Imom Buxoriydan «Al-Jome’ as-sahih»ni eng oxiri bo‘lib Abu Tolha Mansur ibn Muhammad al-Bazdaviy (Pazdaviy) rivoyat qilgan (vaf. 329 y., 940-41 m.).
Kitob roviylaridan yana biri Husayn ibn Ismoil al-Mahomiliy (vaf. 330 y., 941-42 m.) bo‘lib, u asarni samo’ (tinglash) yo‘li bilan olmasdan, balki imom Buxoriyning Bag‘doddagi imlo majlislarida qatnashib, o‘sha yerda yozganlari asosida o‘rtaga chiqargan. Bu nusxada xatolar bo‘lgani uchun uncha e’tibor qozonmagan.
Nasafiy nusxasi yettinchi asrgacha olimlar nazdida eng moʻtabar bo‘lgan nusxadir. «Sahihul-Buxoriy» ustida olib borilgan dastlabki faoliyatlarga shu nusxa asos qilib olingan.
Buxoriyning birinchi sharhchisi Abu Sulaymon Hamd ibn Muxammad Xattobiy (vaf. 388 h.) «E’lomus-sunan» asarini, Abu Nu’aym al-Isfahoniy (vaf. 430 h.) «Al-Mustaxraj ’ala Sahihil-Buxoriy» asarini, Humaydiy (vaf. 488 h.) «Al-Jam’u baynas-sahihayn» asarini yozishda Nasafiy nusxasini asos qilib olganlar.
Ba’zi tadqiqotlarda aytilishicha [8], Firabriy nusxasi bir oz mufas- salroq bo‘lib, ba’zi keraksiz takrorlarni o‘z ichiga olgan, Nasafiy nusxasi esa bulardan xoli va lo‘ndaroqdir. Firabriyda turli joylarga tarqatib yuborilgan nahv ilmiga oid xususiyatlar Nasafiyda eng munosib joyda uchraydi. Ba’zi mushkulliklarning yechimi bu borada Nasafiyni tasdiqlamoqda. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, «Sahih»ni Firabriydan to‘qqiz kishi rivoyat qilgan bo‘lsa, Nasafiydan ikki kishi rivoyat qilgandir.
Yettinchi asrgacha birinchi navbatda ragbat va e’tiborga sazovor bo‘lgan Nasafiy nusxasi bu asrdan keyin e’tibor maqomiga yuksalgan Firabriy nusxasi qarshisida sahnadan butunlay chekindi. «Sahihul- Buxoriy» ustida qilingan barcha sharhlar, «rijol» (roviylarning shaxslari), «ixtisor» (qisqartirish), «zavoid» (qo‘shimchalar qilish) va boshqa tadkiqotlar Firabriy nusxasi asosida qilina boshlandi.
Yettinchi asrda Nasafiy nusxasining shuhrat shohsupasidan tushishi hadis ilmining takomillashuvi va mustahkamlanishi bilan izohlanadi. Bu davrda hadis ilmi takomillashib, qat’iy qoidalari hamma tomonidan o‘rganila boshladi. Unda bir qoida bor: «Samo’ (tinglash) yo‘li bilan olingan (ya’ni shayxdan o‘rganilgan, rivoyati uchun bevosita izn olingan) bir hadis yoki kitob ijozat yo‘li bilan olingan bir hadis yoki kitobdan ko‘ra qimmatliroq, ustunroqdir».
Nasafiy nusxasining katta qismi Buxoriydan samo’ yo‘li bilan olingan bo‘lsa ham, oxiridagi ozgina bir qismi ijozat yo‘li bilan olingandir. Firabriyning nusxasi esa ikki marta bevosita samo’ yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buxoriydan olingan. Firabriy birinchi marta 248 yili Firabrda, keyinroq 252 yili Buxoroda «Sahih»ni Buxoriydan to‘lig‘icha tinglashga muvaffaq bo‘lgan.
Xullas, bevosita Buxoriydan ikki marta samo’ yo‘li bilan olinganlik imtiyozi yettinchi asrdan keyin Firabriy nusxasining shuhrat qozonishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Lekin Firabriy nusxasidan ko‘chirib yozilgan va oralarida ba’zi farqlar o‘rtaga chiqqan turli nusxalar alloma Yuvniniy (vaf. 701 h.) tarafidan jiddiy diqkat bilan o‘rganilib, birlashtirilishi va bitta nusxa holiga keltirilishi ham bu masalada o‘z ta’siriga ega bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim.
Zamon o‘tgani sari Firabriy nusxasidan boshka uch roviy nusxala- rining ham shuhratlari so‘nib, bugun qo‘limizda mavjud bo‘lgan Buxoriy matnining yagona rivoyati bo‘lmish Firabriy nusxasigina asosiy manba va qo‘llanma sifatida davom etib kelgani tadqiqotlar natijasidan ma’lum bo‘lmoqda.
Imom Buxoriyning ko‘zga ko‘ringan talabasi bo‘lmish Firabriydan «Al-Jomi’»ni rivoyat qilganlar ichida eng tanilgan zotlar quyidagilardan iborat:
- Ibn Sakai nomi bilan tanilgan Abu Ali Sa’iyd ibn Usmon al- Misriy (vaf. 353 y., 964 m.);
- Abu Zayd Muxammad ibn Axmad al-Marvaziy (vaf. 379 y., 989 m.);
- Abu Axmad Muxammad ibn Muxammad al-Jurjoniy (vaf. 373 y., 983-84 m);
Abu Ishoq Ibrohim ibn Axmad al-Mustamliy (vaf. 376 y., 986- 87 m.);
- Abu Muxammad Abdullox ibn Axmad ibn Hammuya al-Hamaviy as- Saraxsiy (vaf. 381 y., 991-92 m.);
- Abu Ali Muhammad ibn Umar ibn Shabbuya ash-Shabaviy (ash-Shab- buviy). Bu kishi hijriy 350 (milodiy 961) yilda vafot etgan;
- Abul Haysam Muxammad ibn Makkiy Kushmihoniy (vaf. 389 y., 998-99M.);
- Abu Nasr Axmad ibn Muxammad al-Axsikatiy (vafot etgan yili noma’lum).
- «Al-Jome’»ni Firabriydan eng oxiri tinglagan kishi Abu Ali Ismoil ibn Muhammad al-Kushoniy (vaf. 391 y., 1001 m.).
Firabriy nusxasini uchinchi tabaqada davom ettirganlar orasidagi Abu Zarr al-Haraviy va hayotini hadisga bag‘ishlagan ayol, muhaddisa Karima bint Axmad ta’lim faoliyatlarini Makkai mukarramada davom ettirganlari uchun «Al-Jome’ as-sahih»ning butun Islom dunyosiga yoyilishida katta xizmat qilishgan. Abu Zarr nusxasi katta shuhratga erishishining asosiy sababi shuki, u Firabriyning uchta tanilgan talabasi - Mustamliy, Hamaviy va Kushmihoniylar nusxa- lariga tayangan. Muhim uchta rivoyat birlashtirilgani sababli keyingi faoliyatlarda unga mustaqil bir rivoyat sifatida karalgan. Abu Zarr nusxasi juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, qimmatbaho nusxa sanalgani sababli Ibn Hajar va Kirmoniylar o‘zlarining «Sahihul-Buxoriy»ga sharhlarini ana shu rivoyatga asoslangan holda yozishgan. Magribda ham eng ko‘p tarqalgan rivoyat mana shudir.
Bu tabaqadan keyin asarni rivoyat qilganlar soni ham ortib borgan va keyingi asrlarda «Al-Jome’ as-sahih»ning bir kancha nusxalari yuzaga chiqqan.
Buxoriydan rivoyat iznini olgan Firabriydagi «Sahih» nusxasi bilan aynan o‘sha tarzda rivoyat iznini olgan Nasafiydagi «Sahih» nusxasi orasida yuqorida aytib o‘tilgan ba’zi farqlar mavjuddir. Bundan tashqari, «Sahihul-Buxoriy»ni Firabriydagi «asl»dan olgan to‘qqizta farqli nusxalarda ham farqlar aniqlangan. Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh Yuvniniy ana shu farqli Firabriy nusxalarini birlashtirgan, oralaridagi farqli joylarni ba’zi maxsus ishoralar va ramzlar bilan sahifa chetlarida ko‘rsatgan.
Yuvniniy ushbu qimmatli ishini tamomlaganidan keyin bu bilan qam kifoyalanib qolmasdan, avval aytib o‘tilganidek, «Sahih»da uchragan nahviy mushkulliklarni hal qilishni zamonasining mashhur nahv olimi Ibn Molik an-Nahviyga (672 yilda vafot etgan) topshirgan. Nusxalar birlashtirilishiga ilova qilingan bu muhim xizmat ham ulamolar nazdida Firabriy nusxasi qiymatini oshirib, diqqatlar shu nusxaga qaratilishiga, himmatlar shunga yo‘nalishiga katta ta’sir qilgandir.
Yuvniniy yettinchi asrda to‘qqizta farqli nusxani birlashtirish xizmatini amalga oshirayotib, ushbu to‘qqiz nusxani birma-bir qo‘lga olmagan. Balki, katta urinishlar natijasida yuzaga chiqarilgan birlashma nusxalarga asoslanib, o‘sha nusxalarni birlashtirgan. Shunga ko‘ra aytishimiz mumkinki, Yuvniniy birlashtirgan nusxalarning soni to‘rttadir. Lekin o‘sha to‘rt nusxaning har biri birlashma nusxalardir. Jumladan:
1. Asiyliy nusxasi. Bu nusxa Jurjoniy va Marvaziy nusxalarini birlashtirgan.
2. Abu Zarr nusxasi. Bu nusxa Hamaviy, Kushmihoniy va Mustamliy- ning nusxalarini birlashtirgan.
3. Abul Vaqt nusxasi. Bu nusxa Kushmihoniy va Hamaviy nusxalarini birlashtirgan.
4. Ibn Asokir nusxasi. Bu nusxa Abul Vaqt va Hamaviy nusxalarini birlashtirgan.
Yuvniniy nusxalarni jamlayotganda, farqlarning hech birini qoldirib ketmasdan, eng kichik narsalargacha - hammasini sahifa ustida ramzlar bilan ko‘rsatib o‘tgan. Ishlatilgan ramzlar qanday ma’noga dalolat qilishi esa alohida bir risolada izohlangan.
Bugungi kunda tarqalgan «Sahihul-Buxoriy» nusxalari Yuvniniyning o‘z qo‘li bilan yozgan Istanbuldagi nusxasidan 1313 yilda Sulton Abdulhamidxon tarafidan Misrda chop qildirilgan nashriga asoslanadi. Mazkur bosmada Yuvniniy nusxasining barcha xususiyatlari to‘liq saqlab qolingan. Satrlar ustidagi ishoralar, sahifa chetlaridagi qator oralaridagi raqamlarga ko‘ra yozilgan izoxdar nusxalarning farqlarini ko‘rsatib turadi. Yon tomondagi izoxdar ichida ko‘ringan ramzlar qaysi nusxaga dalolat qilishi har jildning boshida bayon qilingan.
Xulosa
Barkamol avlodni tarbiyalash pedagoglardan alohida e’tiborni talab qiladi. Barkamol avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida xalqimiz tomonidan,
ularning milliy urf-odatlaridan, an’analaridan tajribalar xalq tomonidan yaratilgan ijod namunalaridan va ilmiy amaliy asarlari va qoldirgan boy meroslarida o‘z ifodasini topgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki ilm-fanda hadis
ilmining amiri deb tan olingan Imom al-Buxoriy hadislari ko‘p aql durdonalarini yoshlar tomonidan yanada ko‘proq o‘zlashtirilishi bugungi mustaqil
O‘zbekiston ehtiyojlariga mos kelib ahloqiy fazilatlarni o‘rganish ya’ni pedagogik fanlarini o‘qitishda yoshlarda ajoyib ichki kechinmalar, his-tuyg‘ular
uyg‘otadi.
Gulamova Dilafruz
“Jo’ybori Kalon”ayol-qizlar
o’rta maxsus islom ta’limi
muassasasi o’qituvchisi,
BuxDu mustaqil tadqiqotchisi
Фойдаланилган адабиётлар;
1. («Ал-Кавокибуд Дарорий фий шархи Саҳиҳил Бухорий», I, 5. Байрут. 1401 ҳ., 1981 м
2. Абдулазиз Деҳлавий. «Бўстонул муҳадцисийн». 223-бет
3. Ибн Иёс. «Бадоиъуз-зуҳур», IV, 88-бет
4. Ифраний. «Нузҳатул ҳодий биахбори мулукил қарнил ҳодий». Париж, 1888. 55, 72, 100-бетлар
5.I. Goldziher. «Chatm al-Buhari». Der Islam. VI/2-сон. Берлин. 1915-йил. 214-бет
6.Oltin silsila. “Sahihul Buxoriy-1”. “HILOL-NASHR” TOSHKENT. 2022-yil.87-bet
7.A. Mansur tarjimasi Qur’oni karim.Al- Isro surasi 36-oyat. Toshkent. Cho‘lpon nashriyoti. 1992.
8. Al-buxoriy.Al-Jomi’as-sahih(Ishonarli to‘plam) Toshkent:qomuslar bosh tahririyati. 1991y, 1-jild 450-b
9.Muhammad Payg’ambar qissasi. Hadislar.-Toshkent.:Kamalak. 1991y 450-b
10.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomeʼ as-sahih (Ishonarli toʻplam) 4-jild. Arabchadan Abdulgʻani Abdulloh tarjimasi. – T.: Qomuslar. 1992. 550-b
11. Amir Temur o‘gitlari. Toshkent. 1992, 180-b
12. Abdulla Аvloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent.O‘qituvchi, 1992, 130-b
13. Hikmatlar xazinasi.Toshkent. 1977, 68-b
14. “Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), – T.: Choʻlpon. 1996. 80-b
15.Buyuk siymolar, allomalar.Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.T:-1995. 120-b
16. Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, T., 1998. 160-b
17. K.Zaripov. Ta’lim-tarbiyada Qur’oni karim va hadislardan foydalanish. Buxoro. 1999y. 130-b
18. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 400-b
19.Temirov N., Maʼmurov Sh. Barkamol yoshlarni tarbiyalashda “Al-Jomeʼ as-sahih” ahamiyati// Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning xalqqa qaytishi. Mustaqillik, Fargʻona va milliy – diniy qadriyatlar (Fargʻona 2001 yil 9-avgust). Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami. – T.: 2001. 360-b
20.Abdusattor Shayx. Imom Buxoriy ustozil asotiziyn va imomil muhaddisiyn…. Damashq, Dor al-qalam.2007. 380 -b
21. Anvar Choriyev. Inson falsafasi,Toshkent.2007. 250-bet
22. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. “Sharq” nashriyoti, 2011. 230-b
23.Abu Iso at-Termiziy. Sunani Termiziy sharhi. 1-j. Toshkent “Irfonnashr” 2021,500-b
24. Inoyatov A. Imom Buxoriy va tafsir ilmi // Hidoyat. – Toshkent, 2020. – № 3. 300-b.
25.Inoyatov A. “Siyar aʼlamun nubalo” asarida Imom Buxoriy siyrati “Sahihul Buxoriy”ning tafsir ilmidagi ahamiyati // Imom Buxoriy saboqlari. – Samarqand, 2021. – Maxsus son. 220-b
26. Xuseynova A. “Imom Buxoriy» ordeni taʼsis etilishi barchamizga yangicha ragʻbat beradi. “Xalq soʻzi” gazetasi 2022 yil 16 avgust, №176(8238)
Izoh qoldirish